https://oz.sputniknews.uz/20210923/ozbekiston-va-qirgiziston-davlat-chegarasining-94-foizini-muvofiqlashtirib-oldi-20616111.html
O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegarasining 94 foizini muvofiqlashtirib oldi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegarasining 94 foizini muvofiqlashtirib oldi
Sputnik O‘zbekiston
Hozirda davlat chegarasining qolgan 6 foizini delimitatsiya qilish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. 23.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-23T10:03+0500
2021-09-23T10:03+0500
2021-09-23T10:12+0500
siyosat
o‘zbekiston
qirg‘iziston
chegara
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/14/18829041_20:0:982:541_1920x0_80_0_0_1140973ee1ec057b56f449ed87b333a0.jpg
TOShKENT, 23 sen – Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi davlat chegarasining 94 foizdan ziyodi delimitatsiya va demarkatsiya komissiyasi tomonidan kelishib olindi. Bu haqda Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Ibragim Junusov ma’lum qildi.Elchining so‘zlariga ko‘ra, hozirda davlat chegarasining qolgan 6 foizini delimitatsiya qilish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.O‘zbekiston va Qirg‘izistonning davlat chegarasi uzunligi 1,38 ming kilometrni tashkil etadi. O‘zbekistonga tegishli bo‘lgan 4 ta eksklavlar Qirg‘iziston hududida joylashgan.Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning joriy yil mart oyidagi O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida ikki davlat rahbarining muzokaralari yakuni bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasini huquqiy rasmiylashtirishni tez fursatlarda yakunlash va o‘tish punktlarini to‘laqonli ishlashini ta’minlash bo‘yicha amaliy qadamlar belgilangani ma’lum qilingan edi.
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/14/18829041_140:0:861:541_1920x0_80_0_0_0be761b241b21033d51b5f7b6f2fb138.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, qirg‘iziston, chegara
siyosat, o‘zbekiston, qirg‘iziston, chegara
O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegarasining 94 foizini muvofiqlashtirib oldi
10:03 23.09.2021 (yangilandi: 10:12 23.09.2021) Hozirda davlat chegarasining qolgan 6 foizini delimitatsiya qilish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
TOShKENT, 23 sen – Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi davlat chegarasining 94 foizdan ziyodi delimitatsiya va demarkatsiya komissiyasi tomonidan kelishib olindi. Bu haqda Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Ibragim Junusov ma’lum qildi.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, hozirda davlat chegarasining qolgan 6 foizini delimitatsiya qilish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston va Qirg‘izistonning davlat chegarasi uzunligi 1,38 ming kilometrni tashkil etadi. O‘zbekistonga tegishli bo‘lgan 4 ta eksklavlar Qirg‘iziston hududida joylashgan.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning joriy yil mart oyidagi O‘zbekistonga rasmiy
tashrifi davomida ikki davlat rahbarining muzokaralari yakuni bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasini huquqiy rasmiylashtirishni tez fursatlarda yakunlash va o‘tish punktlarini to‘laqonli ishlashini ta’minlash bo‘yicha amaliy qadamlar belgilangani ma’lum qilingan edi.