Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtning uch tuman hokimiga hayfsan berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovXokim Tashkenta Djaxongir Artikxodjayev
Xokim Tashkenta Djaxongir Artikxodjayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2021
Obuna bo‘lish
Mirzo Ulug‘bek, Yangihayot tumani va Yunusobod tumani hokimlari birinchi yarim yillikda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirishga yo‘l qo‘yganliklari uchun jazolanishgan.
TOShKENT, 22 sen – Sputnik. Toshkent shahridagi uchta tuman hokimiga hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning 16-sentabr kuni qabul qilingan tegishli farmoyishi E-Qaror portalida e’lon qilingan.
Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Irgashevga, Yunusobod tumani hokimi Jahongir Ibrohimovga va Yangihayot tumani hokimi Hayot Inogamovga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Ular joriy yil birinchi yarim yillikda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirishga yo‘l qo‘yganliklari uchun jazolanishgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-iyun oylarida Yunusobod, Yangi Hayot va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida fizik hajm indeksi keskin pasaygan.
Ortiqxo‘jayev bu xiyobonda barpo etilishi kutilayotgan “Istiqlol” majmuasi qurilishida birorta daraxt kesilsa, o‘z arizasi bilan ishdan ketishga tayyor ekanini alohida urg‘uladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2021
Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent aholisiga nima va’da berdi – video
Yangiliklar lentasi
0