O‘ttiz bir fuqaroni imtiyozli uy olib berishga ishontirgan firibgarlar guruhi qo‘lga tushdi

© Sputnik / Aleksey MayshevStroitelstvo domov
Stroitelstvo domov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2021
Obuna bo‘lish
Jumladan, jinoiy guruh 31 nafar fuqaroning 25 ming AQSh dollari va 291 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
TOShKENT, 17 sen - Sputnik. Imtiyozli shartlar asosida fuqarolarga xonadon olib berishni va’da qilgan MChJ rahbari va boshqalarning kirdikorlari fosh bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Mashina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2021
Zarar 5,3 mlrd so‘m: Toshkentda firibgarlar ijaraga olingan mashinalarni sotib yubordi
Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, MChJ rahbari U.G., yordamchisi R.D. va boshqalar turli xil tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan fuqarolarning ishonchini suiiste’mol qilib, go‘yoki ular rahbarlik qilayotgan MChJ orqali ko‘p qavatli turar-joy binosini qurishda ulushli ishtirok etish to‘g‘risida “fiktiv” shartnomalar tuzib, xonadonlarni imtiyozli shartlar asosida olib berishni va’da qilgani aniqlangan.
Jumladan, jinoiy guruh 31 nafar fuqaroning 25 ming AQSh dollari va 291 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0