YHX xodimlari yangi formada ish boshlaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina DPS
Mashina DPS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Obuna bo‘lish
YHX xodimlarining yangi namunadagi kiyim-boshlari tasdiqlandi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarining yangi namunadagi kiyim-boshlari tasdiqlandi.
Ichki ishlar vazirining 13 sentabdagi buyrug‘iga asosan IIVning ayrim buyruqlariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi YHX xodimlari tomonidan alohida farqlovchi ko‘krak va qo‘l belgilarini yangi namunadagi formali kiyim-boshiga taqish qoidalari belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, buyruq bilan IIV tizimidagi orkestrlar hamda namunaviy ashula va raqs ansamblining shaxsiy tarkibini inventar kiyim-kechak mulklari bilan ta’minlash meyorlariga ham o‘zgartirishlar kiritildi.
Yangiliklar lentasi
0