Putin Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarining chiqarilishini qoraladi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarining olib chiqilishini “yumshoq qilib aytganda, shoshilinch” deb atadi.
TOShKENT, 16 sen – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Dushanbedagi KXShT sammitida Afg‘oniston G‘arb qo‘shinlarining olib chiqib ketilishiga munosabat bildirdi.
“Afg‘onistondan AQSh va uning ittifoqchilari qo‘shinlarining, yumshoq qilib aytganda, shoshilinch olib chiqib ketilgandan va hukumat tepasiga toliblar harakati (“Tolibon” Rossiya va qator mamtakatlarda taqiqlangan - tahr.) kelgandan so‘ng biz darhol siz bilan KXShTning navbatdan tashqari sammitida bu mamlakatda tubdan o‘zgargan vaziyat bilan bog‘liq xavf borasida fikr almashgan edik”, - dedi Putin onlayn chiqishi davomida.
Putin o‘shanda tashkilot a’zolari davlatlarning jipslashishi va yaqin muvofiqlik zarurligi borasidagi xulosani qo‘llab-quvvatlashganini eslatdi.
Flagi stran-uchastnis Organizatsii Dogovora o kollektivnoy bezopasnosti: Tadjikistana, Rossii, Kirgizii, Kazaxstana, Belorussii, Armenii i flag ODKB (sprava nalevo) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2021
KXShT Afg‘oniston bo‘yicha bayonot qabul qildi
Yangiliklar lentasi
0