https://oz.sputniknews.uz/20210914/mirziyoev-turkmaniston-vazirlar-mahkamasi-raisining-orinbosarini-qabul-qildi--20494254.html
Mirziyoyev Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosarini qabul qildi
Mirziyoyev Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosarini qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Esenmirat Orazgeldiyevni qabul qildi. 14.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-14T19:34+0500
2021-09-14T19:34+0500
2021-09-14T19:34+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
turkmaniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/1d/19867863_0:109:1280:830_1920x0_80_0_0_ed0e1308ccfb1e4e2d5cf35245ea3930.jpg
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-sentabr kuni ikki tomonlama hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlarini o‘tkazish doirasida respublikada bo‘lib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Esenmirat Orazgeldiyevni qabul qildi.Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkmaniston hamkorligini yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.Oliy darajadagi muntazam muloqotlar birodar mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, ularni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.Esenmirat Orazgeldiyev O‘zbekiston yetakchisiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.Shuningdek, shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tkazilgan ikki tomonlama hamkorlik va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha qo‘shma hukumatlarlaro komissiyalar yig‘ilishlarining asosiy natijalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.Davlat rahbari O‘zbekistonda o‘tkaziladigan sammitga puxta va har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish, eng avvalo, mazmunli kun tartibini shakllantirish, shuningdek, iqtisodiy kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish muhim ekanini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210914/kop-qirrali-hamkorlik-va-afgoniston-putin-va-mirziyoev-dolzarb-masalalarni-muhokama-qildi-20489394.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/1d/19867863_86:0:1223:853_1920x0_80_0_0_0a497fdab68de06c4cd1a92dc706d8d3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, turkmaniston
siyosat, shavkat mirziyoyev, turkmaniston
Mirziyoyev Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosarini qabul qildi
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Esenmirat Orazgeldiyevni qabul qildi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-sentabr kuni ikki tomonlama hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlarini o‘tkazish doirasida respublikada bo‘lib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Esenmirat Orazgeldiyevni qabul qildi.
Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkmaniston hamkorligini yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Oliy darajadagi muntazam muloqotlar birodar mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, ularni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Esenmirat Orazgeldiyev O‘zbekiston yetakchisiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Shuningdek, shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tkazilgan ikki tomonlama hamkorlik va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha qo‘shma hukumatlarlaro komissiyalar yig‘ilishlarining asosiy natijalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Davlat rahbari O‘zbekistonda o‘tkaziladigan sammitga puxta va har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish, eng avvalo, mazmunli kun tartibini shakllantirish, shuningdek, iqtisodiy kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish muhim ekanini ta’kidladi.