Toshkentda sotuvchilar o‘rtasida pichoqbozlik bir kishining o‘limi bilan yakunlandi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovNoj v rukax
Noj v rukax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2021
Obuna bo‘lish
“Malika” savdo majmuasi oldida sotuvchilar o‘rtasida pichoqbozlik yuz berdi. Buning oqibatida 44 yoshli erkak o‘ldi.
TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi “Malika” savdo majmuasi oldida pichoqbozlik bo‘lgani aytilgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 12-sentabr kuni taxminan soat 12:00 larda Shayxontohur tumani KHAY va Labzak ko‘chalari kesishmasi yonida joylashgan kafening oldida "Malika" savdo majmuasida telefon savdosi bilan shug‘ullanuvchi bir nechta fuqarolar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan.
Janjal oqibatida 1977-yilda tug‘ilgan T.B. ko‘krak qafasi sohasida sanchilib kesilgan jarohatlari bilan vafot etgan. Shuningdek, 1988-yilda tug‘ilgan M.A. bir necha joyidan sanchilib kesilgan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga olib borilgan.
Draka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2021
Toshkentda haydovchi boshqa birining yonini olib, IIO xodimiga tan jarohati yetkazdi
“Jinoyatni sodir etishda gumonlanayotganlarni aniqlash, shuningdek, jinoyat guvohlari bilan tergov harakatlarini amalga oshirish uchun janjalda ishtirok etgan barcha shaxslar ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan. Ushbu shaxslarni ichki ishlar bo‘limiga olib borish jarayoni aks etgan video, shuningdek, voqea joyini o‘rab olib ko‘zdan kechirish jarayoni aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan”, - deyilgan xabarda.
Hozirda holat yuzasidan JKning 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0