https://oz.sputniknews.uz/20210911/migrantlar-ozbekistonda-tibbiy-korikdan-otishi-mumkin-20461021.html
Mehnat migrantlarini O‘zbekistonda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda
Mehnat migrantlarini O‘zbekistonda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Kelajakda mehnat migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va barmoq izlarini topshirish O‘zbekistonda amalga oshirilishi mumkin. 11.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-11T22:17+0500
2021-09-11T22:17+0500
2023-04-05T18:34+0500
migratsiya
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/76/63/766300_0:0:3069:1727_1920x0_80_0_0_9af8424635f4040eb2019da1eb9c9bf3.jpg
TOShKENT, 11 sen - Sputnik. Rossiya Federatsiyasiga ishlash maqsadida borayotgan O‘zbekiston fuqarolari kelajakda tibbiy ko‘rikdan o‘tish va barmoq izlari topshirish jarayonlarini O‘zbekistonda amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi. Bu haqda Sputnik muxbiriga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi. Eslatib o‘tamiz, 10-11 sentabr kunlari Rossiya mehnat vaziri o‘rinbosari Andrey Pudov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Delegatsiya tarkibida Rossiya ichki ishlar, sog‘liqni saqlash va migratsiya sohasini boshqarishga aloqador bo‘lgan boshqa muassasalar vakillari ham bor edi. Tashrif davomida Rossiya delegatsiyasi Nozim Husanov boshchiligidagi O‘zbekiston mehnat vazirligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Yopiq holda bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng tomonlar quyidagi xulosalarn taqdim etishdi: Ma’lumot uchun, MDH fuqarolariga Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patent olish - OITSga tekshiruv, to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tish, barmoq izlari topshirish, rus tili va Rossiya qonunchiligi asoslaridan imtihon topshirishi va boshqa amaliyotlar tufayli 3-4 haftagacha davom etadi. Ish faoliyatini boshlamagan va daromadi bo‘lmagan fuqarolar ushbu vaqt davomida biror joyda yashab turishi, yeb-ichishi kerak bo‘ladi. Undan tashqari imtihon yoki tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagan fuqarolar o‘z vataniga qaytib ketishga majbur bo‘lishadi.Mehnat vazirliklari kelishuvlariga ko‘ra, dastlabki bosqichda ushbu tartib Toshkent shahrida amalga oshirilishi, tajriba ijobiy natija berganidan so‘ng boshqa viloyatlarda ham yo‘lga qo‘yilishi mumkinligi xabar qilingan. Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasining uy-joy qurilish kompaniyalari hamda yirik milliy loyihalar (kosmodrom, BAM temir yo‘li va boshqalar) qurilishida ishlash uchun 10 ming nafar migrantlarni charter poyezdlar bilan olib ketishga tayyor.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/76/63/766300_134:0:2865:2048_1920x0_80_0_0_65f61aedf239feacec635202f7d52f5b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, o‘zbekiston, rossiya
migratsiya, o‘zbekiston, rossiya
Mehnat migrantlarini O‘zbekistonda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda
22:17 11.09.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Kelajakda mehnat migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va barmoq izlarini topshirish O‘zbekistonda amalga oshirilishi mumkin.
TOShKENT, 11 sen - Sputnik. Rossiya Federatsiyasiga ishlash maqsadida borayotgan O‘zbekiston fuqarolari kelajakda tibbiy ko‘rikdan o‘tish va barmoq izlari topshirish jarayonlarini O‘zbekistonda amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi. Bu haqda Sputnik muxbiriga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.
Eslatib o‘tamiz, 10-11 sentabr kunlari Rossiya mehnat vaziri o‘rinbosari Andrey Pudov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Delegatsiya tarkibida Rossiya ichki ishlar, sog‘liqni saqlash va migratsiya sohasini boshqarishga aloqador bo‘lgan boshqa muassasalar vakillari ham bor edi.
Tashrif davomida Rossiya delegatsiyasi Nozim Husanov boshchiligidagi O‘zbekiston mehnat vazirligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Yopiq holda bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng tomonlar quyidagi xulosalarn taqdim etishdi:
Kelajakda patent olish uchun kerak bo‘ladigan tibbiy ko‘rik ma’lumotnomasi, Rossiyadan jalb etilgan mutaxassislar yordamida O‘zbekistonda o‘tkaziladi;
Shuningdek, Rossiya IIV tomonidan barmoq izlari olish uskunalari O‘zbekistonga keltirilib, tizim bilan bog‘liq ishlar shu yerning o‘zida amalga oshiriladi;
O‘zbekiston hukumati tomonidan ham mehnat migrantlariga bir qator imtiyoz va imkoniyatlar yaratiladi.
Ma’lumot uchun, MDH fuqarolariga Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patent olish - OITSga tekshiruv, to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tish, barmoq izlari topshirish, rus tili va Rossiya qonunchiligi asoslaridan imtihon topshirishi va boshqa amaliyotlar tufayli 3-4 haftagacha davom etadi. Ish faoliyatini boshlamagan va daromadi bo‘lmagan fuqarolar ushbu vaqt davomida biror joyda yashab turishi, yeb-ichishi kerak bo‘ladi. Undan tashqari imtihon yoki tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagan fuqarolar o‘z vataniga qaytib ketishga majbur bo‘lishadi.
Patent uchun kerakli tekshiruv va hujjatlarning ayrimlarini O‘zbekistonda o‘tkazish - mehnat migrantlari uchun katta yengillik bo‘lar edi. Fuqarolar Rossiyaga kelganidan so‘ng tez fursatda patent olib ish faoliyatini boshlash imkoniga ega bo‘lishadi.
Mehnat vazirliklari kelishuvlariga ko‘ra, dastlabki bosqichda ushbu tartib Toshkent shahrida amalga oshirilishi, tajriba ijobiy natija berganidan so‘ng boshqa viloyatlarda ham yo‘lga qo‘yilishi mumkinligi xabar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasining uy-joy qurilish kompaniyalari hamda yirik milliy loyihalar (kosmodrom, BAM temir yo‘li va boshqalar) qurilishida ishlash uchun 10 ming nafar migrantlarni charter poyezdlar bilan olib ketishga tayyor.