Andijonda yangi mikro GES ishga tushdi

© MinenergoV Andijane stroitsya noviy mikro GES
V Andijane stroitsya noviy mikro GES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2021
Obuna bo‘lish
Mikro GES yiliga 600 ta xonadonni ekologik toza elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniga ega.
TOShKENT, 11 sen - Sputnik. Andijon viloyatida yangi mikro G"S ishga tushiriladi, deb xabar qilmoqda Energetika vazirligi.
Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida quvvati 120 kilovatt bo‘lgan yangi mikro gidroelektr stansiyasi ishga tushiriladi. Stansiyada quvvati 30 kVtdan 4 ta gidroagregatlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular yordamida yiliga 1 mln. 052 ming kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi, - deyilgan xabarda.
Buning natijasida yiliga 600 ta xonadonni ekologik toza elektr energiyasi bilan ta’minlashga erishiladi.
Ayni paytda mazkur GESda quvurlarni montaj qilish va sozlash hamda ishga tushirish ishlari davom ettirilmoqda.
© MinenergoV Andijane stroitsya noviy mikro GES
V Andijane stroitsya noviy mikro GES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2021
V Andijane stroitsya noviy mikro GES
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda imzolagan qarorida 2017-2021 yillar davomida, O‘zbekistonda 42ta yangi gidro elektro stansiyalar qurilishi va 32 ta amal qilayotgan GESlarni zamonaviylashtirish aytib o‘tilgan edi.
© MinenergoV Andijane stroitsya noviy mikro GES
V Andijane stroitsya noviy mikro GES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2021
V Andijane stroitsya noviy mikro GES
Yangiliklar lentasi
0