Samarqandda "tadbirkorlar" salkam 3 milliard so‘mlik gaz o‘g‘irlashdi

© Sputnik / Andrey Varenkov / Mediabankka o‘tishBesporadki v tulskom poselke Plexanovo
Besporadki v tulskom poselke Plexanovo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2021
Obuna bo‘lish
Samarqandda 1 oy ichida turli mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati salkam 3 mlrd. so‘mga teng miqdorda gaz o‘g‘irlangan.
TOShKENT, 10 sen - Sputnik. Samarqandda avgust oyida ayrim “tadbirkorlar” tomonidan 2 mlrd 825 mln so‘mdan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelinganligi aniqlandi, deb yozmoqda Energetika vazirligi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yilning avgust oyida turli xildagi mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar tomonidan, shartnoma shartlariga amal qilmay, gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish bo‘yicha jami 12 ta holat aniqlanib, tarmoqdan uzilgan.
© MinenergoV Samarkande obnarujili nezakonnuyu vrezku v gazoprovod
V Samarkande obnarujili nezakonnuyu vrezku v gazoprovod  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2021
V Samarkande obnarujili nezakonnuyu vrezku v gazoprovod
Ushbu holatlar yuzasidan barcha to‘plangan materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan. Gaz ta’minoti korxonalariga yetkazilgan zarar miqdori 2 825 687 120 so‘mni tashkil etmoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu hajmdagi tabiiy gaz taxminan 24 mingta xonadonning 6 oylik gaz iste’molini tashkil qiladi, deyilgan xabarda.

“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali yuridik shaxslarga tabiiy gaz yetkazib berishni nazorat qilish bo‘limi, Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish bo‘limi hamda “Hududgaz Metrologiya” viloyat bo‘limlari hamkorlikda yakka tartibdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan gaz o‘g‘irliklarini aniqlash bo‘yicha doimiy nazorat tadbirlari o‘tkazib kelmoqda.
Undan tashqari energiya resurslaridan oqilona foydalanish va yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida, har bir hududda aholi orasida tegishli targ‘ibot hamda tushuntirish ishlari olib borilmoqda, deyilgan muassasa xabarida.
Yangiliklar lentasi
0