https://oz.sputniknews.uz/20210910/qor-malikasi-lina-cheryazovaning-qabri-obodonlashtirilib-yodgorlik-ornatildi-20446838.html
“Qor malikasi”: Lina Cherazovaning qabri obodonlashtirilib, yodgorlik o‘rnatildi
“Qor malikasi”: Lina Cherazovaning qabri obodonlashtirilib, yodgorlik o‘rnatildi
Sputnik O‘zbekiston
Lina Cherazovaning qabri obodonlashtirilib, yodgorlik o‘rnatildi. 10.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-10T12:40+0500
2021-09-10T12:40+0500
2023-04-05T18:34+0500
sport
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/0a/20446572_0:85:900:591_1920x0_80_0_0_17a1dde4e6bb3312c511433695f0e744.jpg
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Lina Cherazovaning xotirasini abadiylashtirish maqsadida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining moddiy va ma’naviy ko‘magi bilan Novosibirsk shahrida Kleshchinskiy qabristoniga yodgorlik o‘rnatildi.Tadbirda O‘zbekiston Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, shuningdek, O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulligi vakillari ishtirok etdi.Lina Cherazova – 1968-yil 1-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Xalqaro toifadagi sport ustasi, Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori (1990), Jahon chempioni (1993), Jahon kubogi bosqichlari Gran-prisi sovrindori (1993, 1994), Norvegiyaning Lillaxamer shahrida o‘tkazilgan 17-qishki Olimpiya o‘yinlari chempioni (1994), Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi xalqaro stipendiyasining faxriy sovrindori.Cherazovaning o‘zbek sporti rivoji yo‘lidagi buyuk xizmatlari O‘zbekiston hukumati tomonidan munosib e’tirof etilgan va O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni hamda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.18 yoshida Lina qishki sport turi chang‘i fristaylida o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishga qaror qildi. U tramplindan sakrashning barcha murakkabligi va va xavfliligini anglab yetgan holda 15-20 metr balandlikdagi bir qator mashqlarni bajarib, chang‘ida yumshoq qo‘nishni o‘rgandi. O‘shanda oradan 8-yil o‘tib o‘zbekistonlik 26 yoshli qiz qishki Olimpiya o‘yinlari chempioniga aylanishini hech kim tasavvur qila olmasdi. 1994-yilda Lina Cherazova jarohat olganiga qaramay, Lillexammer Olimpiadasida ishtirok etdi va eng murakkab dasturni muvaffaqiyatli yakunlab, g‘oliblik shohsupasiga ko‘tariladi. Shu tariqa Lina Cherazova o‘zbek sporti tarixida birinchi bo‘lib Olimpiada oltin medali sohibasiga aylandi.O‘zbekistondek quyoshli o‘lkadan chiqib qishki sport turlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Lina Cherazova tom ma’noda “Qor malikasi” sifatida e’tirof etildi va jahon sportining haqiqiy afsonasiga aylandi.Uzoq davom etgan va og‘ir kasalliklardan so‘ng 2019-yil 23-martda Lina Cherazovaning yuragi urishdan to‘xtadi. U umrining so‘nggi yillarini Rossiyaning Novosibirsk shahrida o‘tkazdi va Kleshchinskiy qabristoniga dafn etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20190326/z-nomini-tarikh-zarvaralariga-bitdi-MO-Lina-Cheryazovaning-yainlariga-taziya-bildirdi-11089655.html
https://oz.sputniknews.uz/20210603/qoraqalpogiston-tarixiy-yodgorliklari-yunesko-royxatiga-kiritilishi-mumkin-19060599.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/0a/20446572_0:0:900:675_1920x0_80_0_0_cad691fff6b48b680e9570428e6208dd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, o‘zbekiston, rossiya
sport, o‘zbekiston, rossiya
“Qor malikasi”: Lina Cherazovaning qabri obodonlashtirilib, yodgorlik o‘rnatildi
12:40 10.09.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Lina Cherazovaning qabri obodonlashtirilib, yodgorlik o‘rnatildi.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Lina Cherazovaning xotirasini abadiylashtirish maqsadida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining moddiy va ma’naviy ko‘magi bilan Novosibirsk shahrida Kleshchinskiy qabristoniga yodgorlik o‘rnatildi.
Tadbirda O‘zbekiston Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi, O‘zbekiston chang‘i sporti federatsiyasi, shuningdek, O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulligi vakillari ishtirok etdi.
Lina Cherazova – 1968-yil 1-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Xalqaro toifadagi sport ustasi, Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori (1990), Jahon chempioni (1993), Jahon kubogi bosqichlari Gran-prisi sovrindori (1993, 1994), Norvegiyaning Lillaxamer shahrida o‘tkazilgan 17-qishki Olimpiya o‘yinlari chempioni (1994), Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi xalqaro stipendiyasining faxriy sovrindori.
Cherazovaning o‘zbek sporti rivoji yo‘lidagi buyuk xizmatlari O‘zbekiston hukumati tomonidan munosib e’tirof etilgan va O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni hamda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.
18 yoshida Lina qishki sport turi chang‘i fristaylida o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishga qaror qildi. U tramplindan sakrashning barcha murakkabligi va va xavfliligini anglab yetgan holda 15-20 metr balandlikdagi bir qator mashqlarni bajarib, chang‘ida yumshoq qo‘nishni o‘rgandi. O‘shanda oradan 8-yil o‘tib o‘zbekistonlik 26 yoshli qiz qishki Olimpiya o‘yinlari chempioniga aylanishini hech kim tasavvur qila olmasdi. 1994-yilda Lina Cherazova jarohat olganiga qaramay, Lillexammer Olimpiadasida ishtirok etdi va eng murakkab dasturni muvaffaqiyatli yakunlab, g‘oliblik shohsupasiga ko‘tariladi. Shu tariqa Lina Cherazova o‘zbek sporti tarixida birinchi bo‘lib Olimpiada oltin medali sohibasiga aylandi.
O‘zbekistondek quyoshli o‘lkadan chiqib qishki sport turlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Lina Cherazova tom ma’noda “Qor malikasi” sifatida e’tirof etildi va jahon sportining haqiqiy afsonasiga aylandi.
Uzoq davom etgan va og‘ir kasalliklardan so‘ng 2019-yil 23-martda Lina Cherazovaning yuragi urishdan to‘xtadi. U umrining so‘nggi yillarini Rossiyaning Novosibirsk shahrida o‘tkazdi va Kleshchinskiy qabristoniga dafn etildi.