https://oz.sputniknews.uz/20210910/prezident-davlat-stipendiyasi-kvotasi-ikki-barobarga-oshirildi-20448256.html
Prezident davlat stipendiyasi kvotasi ikki barobarga oshirildi
Prezident davlat stipendiyasi kvotasi ikki barobarga oshirildi
Sputnik O‘zbekiston
Doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun 2 barobarga oshirildi. 10.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-10T14:03+0500
2021-09-10T14:03+0500
2021-09-10T14:03+0500
jamiyat
talabalar
stipendiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.Farmonga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan:Prezident davlat stipendiyasi kvotasi:● tayanch doktoranturada o‘qiyotgan doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun 2 barobarga oshirilib, tegishlicha 10 ta va 22 ta etib;● bakalavriat bosqichi talabalari uchun esa har bir OTMga bittadan etib belgilandi.Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTMlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qaipbergenov hamda O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etildi.Prezident stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari davlat OTMlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikadagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tatbiq etiladi.Shunga ko‘ra, mazkur ta’lim muassasalarini tamomlagan Prezident stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabalar ham davlat OTM magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20210902/rossiyada-talabalar-uchun-yagona-ilova-ishga-tushiriladi-20343171.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, talabalar, stipendiya
jamiyat, talabalar, stipendiya
Prezident davlat stipendiyasi kvotasi ikki barobarga oshirildi
Doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun 2 barobarga oshirildi.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan:
Prezident davlat stipendiyasi kvotasi:
● tayanch doktoranturada o‘qiyotgan doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun 2 barobarga oshirilib, tegishlicha 10 ta va 22 ta etib;
● bakalavriat bosqichi talabalari uchun esa har bir OTMga bittadan etib belgilandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTMlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qaipbergenov hamda O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etildi.
Prezident stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari davlat OTMlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikadagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tatbiq etiladi.
Shunga ko‘ra, mazkur ta’lim muassasalarini tamomlagan Prezident stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabalar ham davlat OTM magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.