Mirziyoyev jurnalistlar haqida: hamisha prezident himoyasida bo‘lasiz

© Muxiddin AliShavkat Mirziyeyev uchastvuyet v rabote syezda Liberalno-demokraticheskoy partii Uzbekistana
Shavkat Mirziyeyev uchastvuyet v rabote syezda Liberalno-demokraticheskoy partii Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2021
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev jurnalistlarni o‘zining eng yaqin do‘sti deb atadi.
TOShKENT, 10 sen - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-sentabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining X syezdida so‘zlagan nutqi davomida jurnalistlar hamisha prezident himoyasida bo‘lishini ta’kidladi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Jumladan, jurnalistlar haqida gapirar ekan, O‘zbekiston prezidenti ularni o‘z do‘sti deb atadi.
Logotip Rossotrudnichestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2021
Rossiya va O‘zbekiston jurnalistlari OAVni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishadi
"Ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davom ettirilib, jurnalistlarning erkin faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Men, haqiqat va adolatni o‘z e’tiqodi deb biladigan barcha jurnalistlarni — islohotlarning faol ishtirokchilari, o‘zimning eng yaqin do‘stlarim deb bilaman va ular hamisha prezident himoyasida bo‘ladi", - dedi Mirziyoyev.
O‘zbekiston yetakchisi o‘z nutqlarida jurnalistlar haqida ko‘p to‘xtaladi. Davlat rahbari viloyatlar bo‘ylab ishchi safarlarida ham jurnalistlar bilan tez-tez muloqot qilib keladi.
Xokim goroda Kokanda Maruf Usmonov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2021
“Ekstravagant qaror”: hokim Ma’ruf Usmonov kutilmaganda xorijiy jurnalistlarga gid bo‘ldi
Jumladan, Mirziyoyev joriy yil mart oyida Toshkent viloyati Chinoz tumaniga tashrifi davomida jurnalistlar bilan suhbatlashib, ulardan ko‘proq xalq dardini tinglashni so‘ragan edi.
"Bizning eng katta muammoimiz - hamma amaldorlar ham quyiga tushib, xalqning ichiga kirishni uddalay olmayapti. Yurish kerak, xalqning dardini eshitish kerak. Shu masalada jurnalistlarga ham iltimosim bor - siz hamma joyda yurasiz. Mening qadamim yetmagan joyda ham siz albatta bo‘lasiz. Xalq bilan ko‘proq suhbatlashing, ularning dardini eshiting", - degan edi o‘shanda O‘zbekiston yetakchisi.
Yangiliklar lentasi
0