Sobanin qonunbuzar-migrantlarga "deport" va "zapret" qo‘llash davom etishini ma’lum qildi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSotrudniki politsii i passajir
Sotrudniki politsii i passajir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2021
Obuna bo‘lish
Sobanin migratsiya qonunchiligini buzuvchilarga keskin choralarni ko‘rish amaliyoti davom etishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Migratsiya qonunchiligi buzilishi holatlarida chet el fuqarolarini hibsga olish, jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish, mamlakatdan chiqarib yuborish va kirishni taqiqlash bo‘yicha qattiq choralar davom etadi, dedi Moskva meri Sergey Sobanin.
"Bezorilik, migratsiya qonunchiligining buzilishiga kelsak, faqat bitta retsept - jazolash, mamlakatdan chiqarib yuborish va kirishni taqiqlash. Bu aslini olganda amalga oshirilmoqda. Bu vaziyatning keskinligini sezganimiz bilan darhol qo‘lga olish, jinoiy ishlarni qo‘zg‘atish, mamlakatdan chiqarib yuborish, kirishni taqiqlash va boshqalar bo‘yicha qattiq choralarni amalga oshirishni boshladik. Bu amaliyotni davom ettiramiz. Iltimos, mamlakatga kelinglar, ishlanglar, lekin jamoat tartibini buzish kerak emas", - dedi Sobanin" Komsomolskaya pravda "saytiga bergan intervyusida.
Pribitie poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2021
Moskva meri “deport” va “zapret” qo‘yilgan migrantlar sonini ma’lum qildi
Uning ta’kidlashicha, migrantlar kam bo‘lgani uchun emas, balki qurilish loyihalarining ko‘pligi sababli ishchi kuchining taqchilligi yuzaga kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0