"Shimoliy oqim-2" - birinchi oktabrdan ishga tushadi

© REUTERS / Maxim ShemetovTruba gazoprovoda Severniy potok - 2
Truba gazoprovoda Severniy potok - 2  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya va Germaniya AQShning qarshiligiga qaramasdan "Shimoliy oqim-2"ni ishga tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu loyiha suyultirilgan gazga nisbatan ham ekologik ham iqtisodiy jihatdan samarali.
TOShKENT, 9 sen - Sputnik. "Shimoliy oqim-2" - birinchi oktabrdan ishga tushadi. Bu haqida Bloomberg xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ayni damda quvur yotqizish ishlari to‘liq yakunlangan. Gaz o‘tkazgichning ikkala quvuridam gaz haydash 1-dekabrga qadar boshlanadi.
Rossiya Germaniya bilan birgalikda AQShning qarshiligiga qaramasdan ushbu loyihani yakunlashga muvaffaq bo‘ldi. Amerika Yevropaga o‘zining suyultirilgan gazini sotishni rejalashtirgan edi, lekin Tramp postdan ketganidan so‘ng Berlin Vashington bilan kelishish yo‘lini topdi.
"ShO-2" - suyultirilgan gaz sotib olishdan ko‘ra ikki baravar ekologik toza va iqtisodiy samarali loyihadir. Ushbu quvur uzunligi Yevropaga keladigan boshqa quvurlardan ko‘ra 2 ming km. qisqa, ya’ni "ShO-2" - ikki baravar kamroq kompressorlar ishlatadi.
Yevropa kompaniyalari "ShO-2"ga YeI iqtisodini qutqarish vositasi sifatida qaramoqda. Bu yil qish mavsumi oldidan "zangori olov" narxi keskin oshib 1000 m3 yonilg‘i narxi rekord darajasidagi 650 dollarga yetdi.
GFR "Shimoliy oqim -2"ning ishga tushishi YeIda ekologik vaziyatni yaxshilaydi va Rossiya bilan yashil energetika sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Kelajakda esa, "ShO-2"ni vodorod uzatish uchun moslashtirish mumkin, deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0