O‘zLiDeP Shavkat Mirziyoyev nomzodini prezidentlikka tasdiqladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaDesatiy syezd partii UzLiDep
Desatiy syezd partii UzLiDep - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2021
Obuna bo‘lish
Bir ming yuz nafardan ortiq deputat ishtirok etgan O‘zLiDepning 10-syezdida Shavkat Mirziyoyevning nomzodi bir ovozdan ma’qullandi.
TOShKENT, 9 sen - Sputnik. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining bugun Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan syezdida deputatlar Shavkat Mirziyoyevni prezidentlikka nomzod etib tasdiqlashdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi navbatdagi O‘zbekiston prezidenti sayloviga partiya a’zosi, O‘zbekistonning amaldagi prezidenti - Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini tasdiqladi, - deyilgan xabarda.

Bundan oldin delegatlarga prezident nomzodining tarjimai holi o‘qib eshittirildi.
Eslatib o‘tamiz, navbatdagi O‘zbekiston prezidenti saylov 2021-yilning 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda beshta siyosiy partiya - Ekologik partiya, XDP, O‘zLiDeP, "Milliy tiklanish" va "Adolat" partiyalari o‘z nomzodlarini qo‘yishadi.
Yangiliklar lentasi
0