2030 yilga borib aholi jon boshiga daromad 4000 dollardan oshadi - prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos torjestvennoe otkritie parka "Yangi Uzbekiston" i monumenta Nezavisimosti.
Sostoyalos torjestvennoe otkritie parka Yangi Uzbekiston i monumenta Nezavisimosti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2030-yilga kelib aholi jon boshiga daromad 4 ming dollardan oshiriladi, inflyatsiya miqdori esa - 5%dan kamaytiriladi - Shavkat Mirziyoyev.
TOShKENT, 9 sen - Sputnik. O‘zbekistonda 2030-yilga borib aholi jon boshiga daromad 4000 dollardan oshadi, dedi Shavkat Mirziyoyev Bugun Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan O‘zLiDep partiyasining 10-syezdida. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
O‘zbekiston prezidenti yaqin kelajakda YaIMni 1,6 baravarga oshirib, aholi daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirish rejalashtirilayotganini aytib o‘tdi.
"Shu tariqa 2030-yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming dollardan oshirib, “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirishga puxta zamin yaratgan bo‘lamiz", - dedi prezident.
Ushbu maqsadga erishish yo‘lida, Yangi O‘zbekiston strategiyasiga asosan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanish rejalashtirilganini qayd etdi:
sanoat mahsulotlari hajmi 1,4 barobar, mehnat unumdorligi esa kamida 2-marta oshiriladi;
mis va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 2-martaga oshadi va 8 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarishga asos yaratiladi;
tabiiy gazni qayta ishlash darajasini 8 foizdan 20 foizga oshirish orqali kimyo sanoatida 2 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqariladi;
raqamli iqtisodiyotning hajmi kamida 2,5 barobarga oshirilib, 4 milliard dollarga yetkaziladi;
har bir xonadon va ijtimoiy muassasa maqbul narxda yuqori tezlikdagi internetga ulanadi, magistral avtomobil yo‘llari 100 foiz mobil aloqa va internet bilan qamrab olinadi;
xalqaro magistral internet tezligi – 5 barobarga, tumanlararo tarmoqlar tezligi – 8 barobarga oshiriladi.
Undan tashqari, iqtisodiyotda yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolish uchun makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlanadi. Buning uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1.
2023 yil oxirigacha inflyatsiya darajasi 5 %ga tushiriladi.
2.
Davlat budjeti taqchilligi YaIMga nisbatan 2,5 %dan oshmasligi ta’minlanadi;
3.
Aholi talablari asosida yiliga 1,5 – 2 trillion so‘m mablag‘ joylardagi eng dolzarb muammolarni hal etishga sarflanadi.
4.
Yangidan jalb qilinadigan yillik tashqi qarz miqdori 5 milliard dollardan, umumiy davlat qarzi esa yalpi ichki mahsulotning 50-60 foizidan oshmasligi ta’minlanadi;
5.
Kelgusi 5-yilda 120 milliard dollar, shundan kamida 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi.
6.
Mamlakatimizning eksport salohiyati 1,7 barobar oshirilib, 2026-yilda 30 milliard dollarga yetkaziladi.
7.
Eksport tarkibida xomashoning ulushi hozirgi 46 foizdan 23 foizga kamayib, tayyor mahsulotlar hajmi 2,5 barobar ko‘payadi.
Yangiliklar lentasi
0