Qo‘lda terilgan paxta uchun necha puldan to‘lanishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishSbor urojaya xlopka v Stavropolskom krae
Sbor urojaya xlopka v Stavropolskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2021
Obuna bo‘lish
Paxta terimi mavsumi oldidan O‘zbekistonda paxtani qo‘lda terish uchun eng kam maoshlar miqdori belgilandi.
TOShKENT, 8 sent – Sputnik. Bu yilgi kuz mavsumida paxta yig‘im-terimi uchun belgilangan narxlar ma’lum bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi matbuot xizmati.

Qo‘lda terilgan 1 kilogramm paxta uchun birinchi terimda 1200 so‘mdan, ikkinchi terimda 1500 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘l mehnati haqi to‘lanadi, - deyilgan xabarda.

Uyushma raisining birinchi o‘rinbosari Sa’dulla Tojiyevning so‘zlariga ko‘ra Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining barcha tumanlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatining chekka tumanlarida terimchilarni qo‘shimcha jalb qilish maqsadida qo‘lda terilgan xar bir kilogramm paxta xom ashyosi uchun Respublika budjeti qo‘shimcha manbalari hisobidan 230 so‘mdan ustama haq to‘lanishini rejalashtirilgan.
Belgilangan narxlardan tashqari, klasterlar o‘zlariga biriktirilgan xududlarda terim pulini mustaqil belgilashi, ya’ni tavsiya etilayotgan narxlardan yuqori miqdorda haq to‘lashlari ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda 1000 so‘m, ikkinchi terimda 1400 so‘m narx belgilangan edi. Undan tashqari ayrim hududlarda terilgan har bir kg. paxta uchun davlat tomonidan qo‘shimcha 200 so‘m to‘lanishi belgilangan edi.
Yangiliklar lentasi
0