O‘zbekistonda 2,5 milliondan ziyod kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVaksinatsiya v Tashkente
Vaksinatsiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2021
Obuna bo‘lish
Respublikada jami 15 697 086 doza vaksinadan foydalanilgan.
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni 2,5 million nafardan oshdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, kecha, 7-sentabr kuni, mamlakat hududlari bo‘ylab 338 971 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanilgan.
Ayni kungacha respublikada jami 15 697 086 doza vaksinadan foydalanildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 2 547 450 nafarni tashkil qilmoqda.
Jami emlanishlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar Farg‘ona (1 800 718 doza), Namangan (1 754 773 doza) va Andijon viloyatlarida (1 680 061 doza) kuzatilmoqda.
Dostavlena ocherednaya partiya vaksini ZF-UZ-VAC2001  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2021
O‘zbek-xitoy vaksinasining yana 3 mln dozasi olib kelindi
“Yandeks”ning dunyo mamlakatlari aholisining to‘liq emlanganlik statistikasi ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatgich Qozog‘istonda. 6-sentabr holatiga ko‘ra mamlakat aholisining 32 foizi kovidga qarshi to‘liq emlangan. Aholisining 9,27 foizi to‘liq emlangan Tojikiston ikkinchi o‘rinda (31 avgust holatiga ko‘ra). Qirg‘izistonda aholining 8,94 foizi to‘liq emlangan (6 sentabr holatiga ko‘ra). O‘zbekistonda esa aholining 3,60 foizi to‘liq emlangan (30 avgust holatiga ko‘ra). Turkmanistondagi emlash jarayonlari statistikada keltirilmagan.
Yangiliklar lentasi
0