RUDN O‘zbekistonda 3ta malaka oshirish dasturini ishga tushiradi

© Sputnik / Petr Chernov / Mediabankka o‘tishZdanie RUDN v Moskve
Zdanie RUDN v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya universiteti O‘zbekistonda ta’lim muassasalari kadrlari malakasini oshirishga yordam beradi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Rossiya Xalqlar Do‘stligi universiteti (RUDN) O‘zbekistonda “Ta’lim sohasida menejment”, yo‘nalishida milliy kadrlar tayyorlash bo‘yicha uchta dasturni ishga tushirmoqda, deb xabar qilmoqda oliygoh ma’muriyati.
Malaka oshirish tadbirlari orasida quyidagi dasturlar amalga oshiriladi:
Ta’lim muassasalarini raqamlashtirish sharoitida loyiha boshqarish faoliyati;
Ta’lim jarayonlari boshqaruvida kasbiy ko‘nikmalarni takomillashtirish;
OTM va oliygohlar aro hamkorlik sohachida zamonaviy yondashuvlar;
O‘quv dasturining asosiy maqsadi – O‘zbekistonda IT-sohasida loyihalar boshqaruvi bilan shug‘ullanayotgan malakali kadrlar darajasini oshirishdir. Undan tashqari ma’muriy-xo‘jalik faoliyati olib borayotgan kadrlarning professional ko‘nikmalarini oshirish uchun sharoit yaratish va ta’lim muassasalarining xalqaro hamkorligi yo‘nalishida zamonaviy yondashuvlar ishlab chiqishdir.
”Ushbu malaka oshirish dasturlari yo‘nalishlari milliy kadrlar ehtiyojlarini monitoring qilish hamda O‘zbekistonda 2018-2020 yillarda o‘tkazilgan malaka oshirish dasturlarining samaradorligini tahlil qilish asosida tuzilgan”, - deb izoh berdi RUDN.
O‘quv darslari 20-sentabrdan boshlanib 9-oktabrga qadar davom etadi. Mashg‘ulotlarni RUDN o‘qituvchilari masofaviy shaklda olib borishadi. Batafsil ma’lumot bilan quyida tanishish mumkin.
Malaka oshirishda ishtirok etish uchun elektron ko‘rinishda ariza hamda saytda berilgan anketani to‘ldirish kerak. O‘quv jarayoni bepul bo‘lib, kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan eshituvchilarga sertifikat beriladi.
Yangiliklar lentasi
0