Islohotlar va global siyosat haqida. Erdo‘g‘on kitob yozdi

© AP Photo/Petros KaradjiasPrezident Tursii Redjep Erdogan
Prezident Tursii Redjep Erdogan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Obuna bo‘lish
Hozircha kitobni faqat Turkiyada sotib olish mumkin. Ammo u bir nechta xorijiy tillarga o‘girilgan: ingliz, arab, nemis, fransuz, rus va ispan tillariga. Kitob nima haqdaligini uning nomidan anglash mumkin
Oleg Obuxov, Sputnik radiosi sharhlovchisi
Adolatli dunyo tuzilmasini yaratish mumkinmi? Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on dunyo qurilishi istiqbollari haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Shu kunlarda savdo rastalarida Erdo‘g‘on qalamiga mansub: "Yanada adolatli dunyoni barpo etsa bo‘ladi", deb nomlangan kitob paydo bo‘ldi.
Turk yetakchisining fikricha, global siyosatda fundamental muammolar ko‘zga tashlanib qolgan bir vaqtda - xotirjam bo‘lish yaramaydi. Erdo‘g‘on fikricha, jahon migratsiyaviy inqirozlar, xalqaro terrorizm, irqchilik va ikkitalik standartlardan charchadi.
Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2018
BMT jahondagi muammolarni hal qila olmaydi, dedi Erdo‘g‘on
Bu esa, amaldagi xalqaro institutlar mavjud chaqiriqlarni yenga olmayotgani va ko‘pdan-ko‘p hollarda eskirib qolgan talablarga tayangan holda besamar harakat qilayotganini tasdiqlaydi. Bundan kelib chiqadiki, dunyo muammolari va ularning oqibatlari to‘planib qolmasligi, balki yanada tez va samarali yechim topishi uchun ushbu xalqaro institutlar isloh qilinishi zarur.
Xususan, bu BMTga ham taalluqli, deb hisoblaydi Turkiya prezidenti. Erdo‘g‘onning fikricha, BMT islohoti "Dunyo beshdan (BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolaridan) ko‘p" degan tezis asosida yuz berishi kerak.
Anqara, deya alohida urg‘ulaydi Erdo‘g‘on, hamisha "kuch - kuchliroq bo‘lgan tomonda emas, kuch - haq bo‘lgan tomonda bo‘ladigan tizimni o‘rnatishga harakat qiladi". Turk yetakchisi shuningdek, adolat o‘rnatishda ikkitalik standartlardan voz kechishga chaqirgan. Uning fikricha, bolalar halok bo‘layotgan bir vaqtda aybsizlar bo‘lishi mumkin emas.
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2019
Erdog‘an AQShga po‘pisa qildi
Zamonaviy dunyo rahmdillik, adolat va ezgulikka ishonch singari bosh qadriyatlarga tayanishi lozim, deydi ishonch bilan Erdo‘g‘on. Hozirgi zamon siyosatchilari esa dunyo tartiboti kafillariga aylanib, dunyoni asrashga hissa qo‘shishlari shart.
Shubhasizki, siyosatshunoslar baholari bo‘yicha, Erdo‘g‘on qalamiga mansub kitobning paydo bo‘lishi - shov-shuvli voqea. Ularning fikricha, kitobni o‘qib chiqqach, Turkiya prezidentining aytadigan gaplari allaqachon to‘planib qolgan, degan taassurot uyg‘onadi.
Shu o‘rinda, Turkiyani Yevropa ittifoqiga qabul qilish bo‘yicha berilgan va’dalar, so‘ngra bu voqeaning cho‘zilgani, orada esa suriyalik qochqinlar borasida yordam berish kabi iltimoslar paydo bo‘lganini eslashning o‘zi kifoya… Anqara, bunday iltimoslarni bajarar ekan, Brussel ana-mana unga bularni evaziga YeIga a’zolik bilan "minnatdor bo‘lishini" kutib yashadi, iltimoslarni rad etmadi. Ammo bularning barchasiga javoban Turkiya "quruq rahmat" oldi, xolos.
Yangiliklar lentasi
0