IIV necha kishiga Rossiyaga kirishga ta’qiq qo‘yganini ma’lum qildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPolitseyskiy reyd
Politseyskiy reyd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya IIV Migratsiya bo‘limi 2021-yilning yanvar – iyul oylarida 115 mingta ana shunday qaror qabul qilingan.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligi Rossiyaga kirishga ta’qiq qo‘yilgan xorijiy fuqarolar sonini ma’lum qildi.
"2021 yilning 7 oyida, Rossiya IIV Migratsiya bo‘linmalari materiallari asosida, 115 mingga yaqin kirishni ta’qiqlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi”, - deyilgan IIVning RIA Novostiga bergan ma’lumotida.
Ushbu qarorlarning 40 mingtasi xorijiy fuqarolar tomonidan ko‘p marotaba sodir etilgan ma’muriy qonunbuzarliklar tufayli qabul qilingan.
Yana 20 mingtasi xorijiy fuqarolar Rossiya hududida oldingi marotaba bo‘lgan vaqtida qonunda belgilangan muddatni buzgani tufayli qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Rossiya IIV ayni damda mamlakatda 700 mingga yaqin noqonuniy mehnat migrantlari borligini ma’lum qilgan edi.
Shuningdek, so‘nggi oylar davomida mehnat migrantlari orasida sodir bo‘layotgan ommaviy mushtlashuvlar oqibatida ham bir necha yuzlab xorijiy fuqarolar deportatsiya qilingan va Rossiyaga kirishga ta’qiq qo‘yilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0