https://oz.sputniknews.uz/20210907/bobur-haqidagi-hujjatli-film-premerasi-bolib-otdi-20398480.html
Bobur haqidagi hujjatli film premyerasi bo‘lib o‘tdi
Bobur haqidagi hujjatli film premyerasi bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 7 sen – Sputnik. Toshkentda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Yo‘lbars izidan” nomli hujjatli film namoyish etildi. Bu haqda... 07.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-07T14:30+0500
2021-09-07T14:30+0500
2021-09-07T14:30+0500
madaniyat
o‘zbek kino
o‘zbekiston kinematografiya agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/07/20398425_128:0:1152:576_1920x0_80_0_0_afd2a0533caa17a8610aff11714e745a.jpg
TOShKENT, 7 sen – Sputnik. Toshkentda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Yo‘lbars izidan” nomli hujjatli film namoyish etildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar qilmoqda.Premyera oldidan poytaxtdagi Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlagan ma’ruzalar, g‘azallar, badiiy asarlardan parchalar o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.Bosh rol ijrochisi Ilhom Berdiyevning so‘zlariga ko‘ra, filmni yaratish jarayonida tarixchi olimlar va boburshunoslar bilan hamkorlikda ishlandi.“O‘zbek xalqining buyuk farzandi – Bobur obrazini yaratish menga nasib etganidan behad baxtiyorman, - deydi u. – O‘zim bolaligimdan Bobur hayoti va ijodiga qiziqib kelardim, asarlarini ham ko‘p o‘qiganman. Bobur o‘ta murakkab shaxs bo‘lgani uchun uning siymosini yaratish oson kechmadi. Xulosa, doimgidek, tomoshabinning o‘ziga havola”.Filmda Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik, o‘smirlik va yoshlik davri qamrab olingan. Har bir sahna yuzasidan o‘zbekistonlik va xorijlik olimlarning fikrlari o‘rganildi. Tarixiy janrga xos detallar, ayniqsa, jang sahnalari professional tarza suratga olingan.
https://oz.sputniknews.uz/20201102/Zairiddin-Muammad-Bobur-aida-film-suratga-olinmoda-15307095.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/07/20398425_256:0:1024:576_1920x0_80_0_0_d4ccf0b0b150e41cb94a9cd50e908bae.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, o‘zbek kino, o‘zbekiston kinematografiya agentligi
madaniyat, o‘zbek kino, o‘zbekiston kinematografiya agentligi
TOShKENT, 7 sen – Sputnik. Toshkentda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Yo‘lbars izidan” nomli hujjatli film namoyish etildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi
xabar qilmoqda.
Premyera oldidan poytaxtdagi Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlagan ma’ruzalar, g‘azallar, badiiy asarlardan parchalar o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
“Yo‘lbars izidan” kartinasi “Xalq yuragi” nomi ostida suratga olinayotgan turkum filmlardan biri. Unda Zahiriddin Muhammad Boburning shonli hayot yo‘li, dilbar ijodi va murakkab taqdiri, davlat boshqaruvidagi strategiyasi, o‘tkazgan janglari va oila a’zolari bilan munosabatlari aks ettirilgan”, - deyiladi agentlik xabarida.
Bosh rol ijrochisi Ilhom Berdiyevning so‘zlariga ko‘ra, filmni yaratish jarayonida tarixchi olimlar va boburshunoslar bilan hamkorlikda ishlandi.
“O‘zbek xalqining buyuk farzandi – Bobur obrazini yaratish menga nasib etganidan behad baxtiyorman, - deydi u. – O‘zim bolaligimdan Bobur hayoti va ijodiga qiziqib kelardim, asarlarini ham ko‘p o‘qiganman. Bobur o‘ta murakkab shaxs bo‘lgani uchun uning siymosini yaratish oson kechmadi. Xulosa, doimgidek, tomoshabinning o‘ziga havola”.
Filmda Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik, o‘smirlik va yoshlik davri qamrab olingan. Har bir sahna yuzasidan o‘zbekistonlik va xorijlik olimlarning fikrlari o‘rganildi. Tarixiy janrga xos detallar, ayniqsa, jang sahnalari professional tarza suratga olingan.