Hafta oxirida havo keskin soviydi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishDorojniy znak "Ostanovka zapreshena
Dorojniy znak Ostanovka zapreshena - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2021
Obuna bo‘lish
9-10 sentabrda salqin havo massasi O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi.
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. O‘zgidromet haftalik ob-havo prognozini taqdim etdi.
6-7 sentabr kunlari O‘zbekiston aholisini havo harorati +34...+39 daraja atrofida bo‘lgan iliq va quruq ob-havo quvontiradi.
8 sentabrda respublika shimoliga antitsiklon kirib kelishi boshlanadi, antitsiklon Volga bo‘yi hududlaridan salqin havoni olib keladi. 9-10 sentabrda salqin havo massasi O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi.
Respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 8-sentabr kuni respublika hududining ko‘p qismida harorat +32...+37 daraja bo‘lgan iliq ob-havo saqlanib turadi, faqat shimoliy viloyatlarda harorat +25...+30 darajagacha pasayadi.
9-10 sentabrda O‘zbekistonning barcha hududlarida havo salqinlashadi. 10-sentabrda havo harorati kechalari va erta togda +12...+17 darajagacha, kunduz kunlari +23...+28 darajagacha pasayadi. Ta’kidlanishicha, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan +2...+4 darajaga pastdir.
8-10 sentabrda havo massasining o‘zgarishi O‘zbekistonning ko‘pchilik viloyatlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi bilan kuzatiladi.
6-7 sentabrda respublikaning shimoliy va cho‘l hududlari bo‘yicha shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0