"U surbetlik qilgani yo‘q": Kreml ochiq dars paytida Putinni to‘g‘rilagan o‘quvchi haqida

© SputnikPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2021
Obuna bo‘lish
Kreml vakili Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, RF prezidentini to‘g‘rilagan maktab o‘quvchisini hech kim o‘qishdan haydamaydi.
TOShKENT, 2 sen - Sputnik. Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putinni to‘g‘rilagan vorkutalik o‘quvchining so‘zlarini surbetlikka yo‘ymaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, vorkutalik maktab o‘quvchisi Nikanor Tolstix "Okean" bolalar markazidagi ochiq dars vaqtida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni gapini to‘g‘riladi.
Putin Potr I Shvetsiya bilan XVIII asr boshida olib borgan urushni Yetti yillik urush deb atagan edi. Shunda maktab o‘quvchisi qo‘lini ko‘tarib, so‘z oldi va aslida gap Shimoliy urush haqida borayotganiga aniqlik kiritdi.
"Buni mening... yo‘ymaysiz degan umiddaman. Xullas, u Yetti yillik urush emas, shunchaki Shimoliy urush deb atalgan. Shimoliy urush 1700-yildan 1721-yilgacha davom etgan", - degan o‘quvchi.
Mne udalos dobitsya togo, o chem mechtal: Putin rasskazal, kem xotel stat v detstve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2021
Putin bolaligida kim bo‘lishni xohlaganini aytdi - video
"Ha, bu Shimoliy urush, albatta. To‘g‘rilaganing uchun rahmat", - deya javob bergan Vladimir Putin.
O‘smirning bu harakatidan keyin maktab rahbari Nikanor davlat rahbarini to‘g‘rilashi kerak emas edi, masalan o‘zi hech qachon bunday qilmagan bo‘lganini, yoshlarga esa surbetlik xosligini bildirib o‘tgan.
Direktorning bu gapidan keyin prezident matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Kreml maktab rahbarining bu so‘zlariga qo‘shilmasligini va bolani hech kim maktabdan haydamasligini aytgan.
"Hech kim bolani maktabdan haydamaydi, ayniqsa bunday iqtidorli va bilimdon bolani. Bu hech qanaqasiga surbetlik emas. Biz maktab direktorining so‘zlariga mutlaqo qo‘shilmaymiz", - degan Peskov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Peskovning aytishicha, Rossiya prezidentining o‘zi ham ko‘pincha agar qandaydir nomuvofiqlikni ko‘rsa, suhbatdoshini to‘g‘rilaydi. Bolaga esa, barakalla, deymiz, deya qo‘shimcha qilgan u.
Yangiliklar lentasi
0