https://oz.sputniknews.uz/20210902/qozondagi-universiada-qishlogida-ozbekiston-bayrogi-osildi-20344611.html
Qozondagi Universiada qishlog‘ida O‘zbekiston bayrog‘i osildi
Qozondagi Universiada qishlog‘ida O‘zbekiston bayrog‘i osildi
Sputnik O‘zbekiston
4-11 sentabr kunlari Qozon shahrida ilk marotaba birinchi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqa sportning 16 turi bo‘yicha tashkil etiladi. 02.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-02T17:17+0500
2021-09-02T17:17+0500
2023-04-05T15:48+0500
sport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/1e/27616397_0:123:3076:1853_1920x0_80_0_0_40325aa745a2ce8db63e2a37cb639849.jpg
TOShKENT, 2 sen - Sputnik. I MDH mamlakatlari o‘yinlari oldidan Qozon shahridagi Universiada qishlog‘ida o‘zbekistonlik sportchilar joylashgan binoda O‘zbekiston bayrog‘i osildi.Shu bilan birga, bu yerda MDH mamlakatlari o‘yinlarining maxsus shtabi o‘z ishini boshladi.Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda O‘zbekiston sport delegatsiyasi Rossiyaning Qozon shahriga yetib bordi. 4-11 sentabr kunlari Qozon shahrida ilk marotaba birinchi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqa sportning 16 turi bo‘yicha tashkil etiladi. Unda mintaqaning 10 davlatidan 1 500 nafarga yaqin sportchi, 400 nafarga yaqin hakam va 100 nafarga yaqin boshqa sport sohasi mutaxassislari qatnashadi. Ta’bir joiz bo‘lsa aytish kerakki, “kichik olimpiada” bahslarida MDH mamlakatlari sportchilari 182 ta medallar jamlanmasi uchun bahslashadi.Kecha O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolari Rossiyaga jo‘nab ketishdi. Delegatsiya tarkibidan Turizm va sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi mas’ul xodimlari, sportning boks, erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoa a’zolari, umumiy hisobda 70 nafardan ortiq kishi o‘rin olgandi. O‘zbekiston sport delegatsiyasini kuzatish marosimida Turizm va sport vaziri o‘rinbosari Avazjon Karimov ham ishtirok etdi va u sportchilarga omad tiladi. Kuni kecha esa Qozonga yetib borgan O‘zbekiston vakillari mazkur sport o‘yinlari uchun barpo etilgan Olimpiya shaharchasiga joylashishdi. O‘zbekiston sport delegatsiyasining ikkinchi qismi 3-sentabr kuni, yakuniy qismi esa 6-7 sentabr kunlari Rossiyaga jo‘nab ketadi.
https://oz.sputniknews.uz/20210902/tokio-2020-goliblari-esdalik-nishonlar-bilan-taqdirlanishdi-20344252.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/1e/27616397_89:0:2818:2047_1920x0_80_0_0_51be3c62c34100e27554fcf3c22f1d4e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport
Qozondagi Universiada qishlog‘ida O‘zbekiston bayrog‘i osildi
17:17 02.09.2021 (yangilandi: 15:48 05.04.2023) 4-11 sentabr kunlari Qozon shahrida ilk marotaba birinchi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqa sportning 16 turi bo‘yicha tashkil etiladi.
TOShKENT, 2 sen - Sputnik. I MDH mamlakatlari o‘yinlari oldidan Qozon shahridagi Universiada qishlog‘ida o‘zbekistonlik sportchilar joylashgan binoda O‘zbekiston bayrog‘i osildi.
Shu bilan birga, bu yerda MDH mamlakatlari o‘yinlarining maxsus shtabi o‘z ishini boshladi.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda O‘zbekiston sport delegatsiyasi Rossiyaning Qozon shahriga yetib bordi. 4-11 sentabr kunlari Qozon shahrida ilk marotaba birinchi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqa sportning 16 turi bo‘yicha tashkil etiladi.
Unda mintaqaning 10 davlatidan 1 500 nafarga yaqin sportchi, 400 nafarga yaqin hakam va 100 nafarga yaqin boshqa sport sohasi mutaxassislari qatnashadi. Ta’bir joiz bo‘lsa aytish kerakki, “kichik olimpiada” bahslarida MDH mamlakatlari sportchilari 182 ta medallar jamlanmasi uchun bahslashadi.
Kecha O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolari Rossiyaga jo‘nab ketishdi. Delegatsiya tarkibidan Turizm va sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi mas’ul xodimlari, sportning boks, erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoa a’zolari, umumiy hisobda 70 nafardan ortiq kishi o‘rin olgandi.
O‘zbekiston sport delegatsiyasini kuzatish marosimida Turizm va sport vaziri o‘rinbosari Avazjon Karimov ham ishtirok etdi va u sportchilarga omad tiladi. Kuni kecha esa Qozonga yetib borgan O‘zbekiston vakillari mazkur sport o‘yinlari uchun barpo etilgan Olimpiya shaharchasiga joylashishdi.
O‘zbekiston sport delegatsiyasining ikkinchi qismi 3-sentabr kuni, yakuniy qismi esa 6-7 sentabr kunlari Rossiyaga jo‘nab ketadi.