https://oz.sputniknews.uz/20210902/afgoniston-islom-amirligi-matbuot-kotibi-ozbekistonni-mustaqillik-kuni-bilan-tabrikladi-20342329.html
Afg‘oniston Islom Amirligi matbuot kotibi O‘zbekistonni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
Afg‘oniston Islom Amirligi matbuot kotibi O‘zbekistonni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
Zabihulloh Mujohid nomidan yuborilgan tabriknomada do‘stlik hamda yaxshi qo‘shnichilik ruhida doimiy hamkorlikni amalga oshirishga umid bildirilgan. 02.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-02T15:06+0500
2021-09-02T15:06+0500
2021-09-02T15:07+0500
siyosat
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/02/19912911_0:421:2048:1573_1920x0_80_0_0_529809b8a9fdcf9721f7ff800c950738.jpg
TOShKENT, 2 sen - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan Afg‘oniston Islom Amirligi matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid nomidan tabriknoma keldi. "Biz qo‘shni do‘st O‘zbekiston Hukumati va xalqini Mustaqillikning 30-yilligi bilan tabriklaymiz va bizning eng samimiy tilaklarimizni bildiramiz. Biz Qodir Ollohdan O‘zbekiston xalqi va hukumatining yuksak qadr-qimmati va g‘ururini asrashini tilab qolamiz. O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlarini nafaqat yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, balki umumiy diniy, madaniy va ma’naviy qadriyatlar birlashtiradi va bu mushtaraklik mamlakatlarimiz xalqlarini yanada bir-biriga yaqinlashtiradi. Biz O‘zbekiston bilan tinchlik va barqarorlikda, do‘stlik hamda yaxshi qo‘shnichilik ruhida doimiy hamkorlikni amalga oshirishga umid bog‘lab qolamiz", - deyiladi tabrik matnida.
https://oz.sputniknews.uz/20210902/tolibon-panjsherda-harbiy-operatsiyani-boshlashga-qaror-qildi-20338758.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/02/19912911_0:290:2048:1826_1920x0_80_0_0_0958dd3d2374e6031a7f218bd5f29459.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
siyosat, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
Afg‘oniston Islom Amirligi matbuot kotibi O‘zbekistonni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
15:06 02.09.2021 (yangilandi: 15:07 02.09.2021) Zabihulloh Mujohid nomidan yuborilgan tabriknomada do‘stlik hamda yaxshi qo‘shnichilik ruhida doimiy hamkorlikni amalga oshirishga umid bildirilgan.
TOShKENT, 2 sen - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan Afg‘oniston Islom Amirligi matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid nomidan
tabriknoma keldi.
"Biz qo‘shni do‘st O‘zbekiston Hukumati va xalqini Mustaqillikning 30-yilligi bilan tabriklaymiz va bizning eng samimiy tilaklarimizni bildiramiz. Biz Qodir Ollohdan O‘zbekiston xalqi va hukumatining yuksak qadr-qimmati va g‘ururini asrashini tilab qolamiz. O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlarini nafaqat yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, balki umumiy diniy, madaniy va ma’naviy qadriyatlar birlashtiradi va bu mushtaraklik mamlakatlarimiz xalqlarini yanada bir-biriga yaqinlashtiradi. Biz O‘zbekiston bilan tinchlik va barqarorlikda, do‘stlik hamda yaxshi qo‘shnichilik ruhida doimiy hamkorlikni amalga oshirishga umid bog‘lab qolamiz", - deyiladi tabrik matnida.