https://oz.sputniknews.uz/20210831/qozogiston-mudofaa-vaziri-harbiy-omborlardagi-portlashdan-keyin-istefoga-chiqdi-20314614.html
Qozog‘iston mudofaa vaziri harbiy omborlardagi portlashdan keyin iste’foga chiqdi
Qozog‘iston mudofaa vaziri harbiy omborlardagi portlashdan keyin iste’foga chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
26 avgust kuni Jambil viloyatidagi harbiy qism muhandislik o‘q-dorilari omborida ro‘y bergan portlashlar oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan. 31.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-31T17:20+0500
2021-08-31T17:20+0500
2021-08-31T17:20+0500
dunyoda
qozog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1f/20314552_0:84:1423:884_1920x0_80_0_0_12e52fd81fc137a93007f03e47e05845.jpg
TOShKENT, 31 avg – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevning iste’fosini qabul qildi.“Prezident Qasim-Jomart Toqayev mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevning iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizasini qabul qildi”, — deb yozdi prezident matbuot kotibi Berik Uali Facebook᾽dagi sahifasida.26 avgust kuni Jambil viloyatidagi harbiy qism muhandislik o‘q-dorilari omborida portlashlar sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida halok bo‘lganlar soni 15 kishiga yetgan. 100 ga yaqin kishi jarohatlangan.Yermekbayev yong‘in va portlashlardan keyin iste’foga chiqish haqida ariza topshirgan edi.Toqayev o‘z farmoni bilan sobiq vazirning birinchi o‘rinbosari Murat Bektanov mudofaa vaziri etib tayinladi.Yermekbayev 2018-yilning avgust oyida Qozog‘iston Mudofaa vazirligini boshqarishga kirishgan. Bungacha u ikki yil 2014-yildan 2016-yilgacha Qozog‘iston din ishlari va fuqarolik jamiyati vaziri, 2018-yil apreldan avgustgacha prezident yordamchisi — mamlakat xavfsizlik kengashi kotibi lavozimlarida ishlagan.
https://oz.sputniknews.uz/20210828/qozogistonda-29-avgust-kuni-milliy-motam-kuni-deb-elon-qilindi-20274505.html
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1f/20314552_66:0:1357:968_1920x0_80_0_0_79d9107511b4f0ab598ddcf65139442b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, qozog‘iston
Qozog‘iston mudofaa vaziri harbiy omborlardagi portlashdan keyin iste’foga chiqdi
26 avgust kuni Jambil viloyatidagi harbiy qism muhandislik o‘q-dorilari omborida ro‘y bergan portlashlar oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan.
TOShKENT, 31 avg – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevning iste’fosini qabul qildi.
“Prezident Qasim-Jomart Toqayev mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevning iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizasini qabul qildi”, — deb yozdi prezident matbuot kotibi Berik Uali Facebook᾽dagi
sahifasida.26 avgust kuni Jambil viloyatidagi harbiy qism muhandislik o‘q-dorilari omborida
portlashlar sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida halok bo‘lganlar soni 15 kishiga yetgan. 100 ga yaqin kishi jarohatlangan.
Yermekbayev yong‘in va portlashlardan keyin iste’foga chiqish haqida ariza topshirgan edi.
Toqayev o‘z farmoni bilan sobiq vazirning birinchi o‘rinbosari Murat Bektanov mudofaa vaziri
etib tayinladi.Yermekbayev 2018-yilning avgust oyida Qozog‘iston Mudofaa vazirligini boshqarishga kirishgan. Bungacha u ikki yil 2014-yildan 2016-yilgacha Qozog‘iston din ishlari va fuqarolik jamiyati vaziri, 2018-yil apreldan avgustgacha prezident yordamchisi — mamlakat xavfsizlik kengashi kotibi lavozimlarida ishlagan.