https://oz.sputniknews.uz/20210831/aqsh-hujumi-oqibatida-oldirilgan-afgon-amerikaliklar-bilan-hamkorlik-qilgan-20316645.html
AQSh hujumi oqibatida o‘ldirilgan afg‘on amerikaliklar bilan hamkorlik qilgan
AQSh hujumi oqibatida o‘ldirilgan afg‘on amerikaliklar bilan hamkorlik qilgan
Sputnik O‘zbekiston
AQSh havo hujumi oqibatida o‘ldirilgan afg‘onistonlik harbiy Nosir Nejrabi amerikaliklar bilan hamkorlik qilgan. 31.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-31T19:25+0500
2021-08-31T19:25+0500
2021-08-31T19:25+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
aqsh
afg‘oniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1f/20302816_0:212:3072:1940_1920x0_80_0_0_3c95909bf98ff6d9b5ce32960c7e1b6f.jpg
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. AQSh havo hujumi oqibatida o‘ldirilgan afg‘onistonlik harbiy Nosir Nejrabi amerikaliklar bilan hamkorlik qilgan va AQShga ketishni rejalashtirgan, deydi uning ukasi RIA Novosti agentligiga.Agentlik suhbatdoshining ta’kidlashicha, 29 yoshli Nejrabi o‘n yilga yaqin armiyada xizmat qilgan, shuningdek AQSh maxsus kuchlari bilan ishlagan. Tolibon* Afg‘onistonda katta hujum boshlaganida, u Qandahor viloyatida xizmat qilayotgandi. Nejrabi jangarilar shaharga kirishdan uch kun oldin poytaxtga ko‘chib o‘tdi. Ukasining so‘zlariga ko‘ra, Nosir Kobulning qo‘lga olinishidan qo‘rqqan va u yerga AQShga borish uchun kelgan; u hujjatlarni rasmiylashtirishni boshladi.Poytaxtda portlash yuz berganda, harbiy xizmatchi amakisi uyining hovlisida edi. Ikki yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 8 ta amakivachchasi ham ko‘chada bo‘lgan, ularning hammasi halok bo‘ldi.Nejrabi akaning aytishicha, ular oxirgi marta fojiadan oldingi kechada gaplashgan - ular Noserning bo‘lajak to‘yini muhokama qilishgan.Amerika kontingenti Afg‘onistondan chiqib ketishi fonida Tolibon* hujum boshladi va yigirma yillik urush tugaganini e’lon qilib, barcha yirik shaharlarni egalladi; hozir davlat boshqaruv mexanizmi masalasi hal qilinmoqda. Poytaxt shimoli-sharqidagi Panjshir jangarilar nazoratidan tashqaridagi yagona viloyat bo‘lib qolmoqda. Chet elliklar haribiylar va ittifoqchilar evakuatsiya qilingandan so‘ng Kobuldagi aeroport to‘liq toliblar* nazoratiga o‘tdi.Yakshanba kuni AQSh uchuvchisiz uchar qurilmasi Kobulda mashinaga zarba berdi. AQSh harbiylariga ko‘ra, u katta miqdordagi portlovchi moddalarni tashib yurgan va aeroportga bevosita xavf solgan. CNN telekanaliga ko‘ra, to‘qqiz nafar tinch fuqaro halok bo‘ldi, ulardan olti nafari bola; Al-Jazeera telekanali 12 nafar qurbon haqida xabar berdi.
https://oz.sputniknews.uz/20210831/kobuldagi-teraktdan-song-amerikaliklar-olomonga-qarata-oq-uzishdi--oav-20302583.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1f/20302816_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_bbf470a3bb848013132ad35319a0c3c6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, aqsh, afg‘oniston
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, aqsh, afg‘oniston
AQSh hujumi oqibatida o‘ldirilgan afg‘on amerikaliklar bilan hamkorlik qilgan
AQSh havo hujumi oqibatida o‘ldirilgan afg‘onistonlik harbiy Nosir Nejrabi amerikaliklar bilan hamkorlik qilgan.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. AQSh havo hujumi oqibatida o‘ldirilgan afg‘onistonlik harbiy Nosir Nejrabi amerikaliklar bilan hamkorlik qilgan va AQShga ketishni rejalashtirgan, deydi uning ukasi RIA Novosti agentligiga.
Agentlik suhbatdoshining ta’kidlashicha, 29 yoshli Nejrabi o‘n yilga yaqin armiyada xizmat qilgan, shuningdek AQSh maxsus kuchlari bilan ishlagan. Tolibon* Afg‘onistonda katta hujum boshlaganida, u Qandahor viloyatida xizmat qilayotgandi. Nejrabi jangarilar shaharga kirishdan uch kun oldin poytaxtga ko‘chib o‘tdi. Ukasining so‘zlariga ko‘ra, Nosir Kobulning qo‘lga olinishidan qo‘rqqan va u yerga AQShga borish uchun kelgan; u hujjatlarni rasmiylashtirishni boshladi.
Poytaxtda portlash yuz berganda, harbiy xizmatchi amakisi uyining hovlisida edi. Ikki yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 8 ta amakivachchasi ham ko‘chada bo‘lgan, ularning hammasi halok bo‘ldi.
Nejrabi akaning aytishicha, ular oxirgi marta fojiadan oldingi kechada gaplashgan - ular Noserning bo‘lajak to‘yini muhokama qilishgan.
"AQSh Afg‘onistonda - siyosatda ham, urushda ham mag‘lubiyatga uchradi. Endi ular begunoh odamlarni o‘ldirishmoqda", - dedi suhbatdosh.
Amerika kontingenti Afg‘onistondan chiqib ketishi fonida Tolibon* hujum boshladi va yigirma yillik urush tugaganini e’lon qilib, barcha yirik shaharlarni egalladi; hozir davlat boshqaruv mexanizmi masalasi hal qilinmoqda. Poytaxt shimoli-sharqidagi Panjshir jangarilar nazoratidan tashqaridagi yagona viloyat bo‘lib qolmoqda. Chet elliklar haribiylar va ittifoqchilar evakuatsiya qilingandan so‘ng Kobuldagi aeroport to‘liq toliblar* nazoratiga o‘tdi.
Yakshanba kuni AQSh uchuvchisiz uchar qurilmasi Kobulda mashinaga zarba berdi. AQSh harbiylariga ko‘ra, u katta miqdordagi portlovchi moddalarni tashib yurgan va aeroportga bevosita xavf solgan. CNN telekanaliga ko‘ra, to‘qqiz nafar tinch fuqaro halok bo‘ldi, ulardan olti nafari bola; Al-Jazeera telekanali 12 nafar qurbon haqida xabar berdi.