Paralimpiada-2020: O‘zbekiston yana bitta oltin va bronza medalga ega chiqdi

Boburjon Omonov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2021
Obuna bo‘lish
Boburjon Omonov Paralimpiya rekordini yangilagan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi. Para-yengil atletikachi Nurxon Qurbonova “bronza”ni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Tokio shahrida davom etayotgan XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarining oltinchi kungi bahslari O‘zbekiston vakillari uchun omadli boshlandi.
Boburjon Omonov Paralimpiya rekordini yangilagan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi. Sportchi yadroni 14.06 metr masofaga uloqtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, bu borada jahon rekordi ham aynan Omonovga tegishli. Boburjon BAAda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 14.31 metr natija qayd etgan holda rekord o‘rnatgan edi, deb eslatadi Turizm va sport vazirligi.
Yana bir para-yengil atletikachi Nurxon Qurbonova F54 toifasida kechgan bahsda Qurbonova 7.77 metr natija qayd etib, shaxsiy ko‘rsatkichini yangiladi. Shu bilan birga ushbu natija unga bronza medalini ham taqdim qildi.
© Press-slujba NOK UzbekistanaNurxon Kurbanova
Nurxon Kurbanova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2021
Nurxon Kurbanova
Shu tariqa ushbu Paralimpiadadagi O‘zbekiston vakillari qo‘lga kiritgan medallar 14 taga yetdi. Shulardan 5 tasi oltin, 4 tasi kumush va qolgan 5 tasi bronza medallaridir.
Yangiliklar lentasi
0