YTH to‘g‘risida xabarnoma rasmiylashtirgan haydovchilar ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStrana belix avtomobiley. Beliy svet bolshe otrajayet svet i menshe nagrevayetsya
Strana belix avtomobiley. Beliy svet bolshe otrajayet svet i menshe nagrevayetsya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
Obuna bo‘lish
Xabarnoma YTHda ishtirok etgan haydovchilar tomonidan ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz tuziladi.
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-avgust kuni "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi.
Qonun bilan "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida"gi qonunga qo‘shimchalar kiritilgan. Unga muvofiq, yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnomani tuzish asoslari belgilangan.
Yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma — sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi haqida sug‘urtalovchiga xabar berish uchun hodisa sodir etilgan joyda unda ishtirok etgan haydovchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘ldiriladigan, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi vujudga kelganligi faktini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Xabarnoma YTHda ishtirok etgan haydovchilar tomonidan ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz tuziladi.
Qonun bilan haydovchilar tomonidan xabarnomani rasmiylashtirish ma’muriy javobgarlikka tortilishni istisno etuvchi holat etib belgilandi.
Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 133-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan hollarda YTHda ishtirok etgan haydovchilar tomonidan YTH to‘g‘risida xabarnoma tuzilgan taqdirda haydovchi javobgarlikka tortilmasligi belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0