https://oz.sputniknews.uz/20210826/umumiy-ovqatlanish-korxonalari-yil-oxirigacha-er-va-mol-mulk-soligidan-ozod-qilinadi-20243026.html
Umumiy ovqatlanish korxonalari yil oxirigacha yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi
Umumiy ovqatlanish korxonalari yil oxirigacha yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident qarori bilan 2021-yil 1-sentabrdan 31-dekabrgacha umumiy ovqatlanish korxonalari yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi. 26.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-26T09:25+0500
2021-08-26T09:25+0500
2021-08-26T09:25+0500
iqtisod
prezident qarori
umumiy ovqatlanish korxonalari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1a/20242978_0:122:3209:1927_1920x0_80_0_0_e80a0b4d2df486d9c93f4821d83c8cb9.jpg
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-avgust kuni “Umumiy ovqatlanish va turizm sohalarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.Qarorga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida umumiy ovqatlanish va turizm sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021-yil 1-sentabrdan:Umumiy ovqatlanish korxonalari mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda tegishli soliq va yig‘imlar bo‘yicha 2021-yil 15-avgust holatiga ko‘ra mavjud qarzdorlikni, shuningdek, barcha soliqlar bo‘yicha jarima va penyalarni 2022-yil 1-yanvardan 1-iyulga qadar foizlarni undirmasdan teng miqdorlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lashi mumkin.Shuningdek, qaror bilan tijorat banklarining umumiy ovqatlanish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi mijozlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish uchun bank xizmatlarining turli xil instrumentlaridan foydalanib, ular qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlanadi.Eslatib o‘tamiz, umumiy ovqatlanish obyekti 2021-yil yakuniga qadar yer va mulk solig‘idan ozod qilinishi haqida Shavkat Mirziyoyev 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan muloqotda ma’lum bo‘lgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210809/ozbekistonda-kafe-va-restoranlarga-maxsus-qr-kodni-korsatgan-holda-kirish-mumkin-boladi-19996983.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1a/20242978_239:0:2970:2048_1920x0_80_0_0_49399d295b3499ac1fe24d6ee5c34808.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, prezident qarori, umumiy ovqatlanish korxonalari
iqtisod, prezident qarori, umumiy ovqatlanish korxonalari
Umumiy ovqatlanish korxonalari yil oxirigacha yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi
Prezident qarori bilan 2021-yil 1-sentabrdan 31-dekabrgacha umumiy ovqatlanish korxonalari yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-avgust kuni “Umumiy ovqatlanish va turizm sohalarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarorga imzo chekdi.
Qarorga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida umumiy ovqatlanish va turizm sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021-yil 1-sentabrdan:
2021 yil 31-dekabrgacha umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilinadi;
2023 yil 1-sentabrgacha turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalari mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda tegishli soliq va yig‘imlar bo‘yicha 2021-yil 15-avgust holatiga ko‘ra mavjud qarzdorlikni, shuningdek, barcha soliqlar bo‘yicha jarima va penyalarni 2022-yil 1-yanvardan 1-iyulga qadar foizlarni undirmasdan teng miqdorlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lashi mumkin.
Shuningdek, qaror bilan tijorat banklarining umumiy ovqatlanish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi mijozlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish uchun bank xizmatlarining turli xil instrumentlaridan foydalanib, ular qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlanadi.
Eslatib o‘tamiz, umumiy ovqatlanish obyekti 2021-yil yakuniga qadar yer va mulk solig‘idan ozod qilinishi haqida Shavkat Mirziyoyev 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan muloqotda ma’lum bo‘lgan edi.