https://oz.sputniknews.uz/20210826/toliblar-afgonistonning-sobiq-prezidentini-uy-qamogiga-olishdi-20256429.html
Toliblar Afg‘onistonning sobiq prezidentini uy qamog‘iga olishdi
Toliblar Afg‘onistonning sobiq prezidentini uy qamog‘iga olishdi
Sputnik O‘zbekiston
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, dushanba kuni toliblar sobiq-prezident Karzay qo‘riqchilarini quroldan mahrum qilishgan, shuningdek, avtomobilini ham tortib olishgan. 26.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-26T16:39+0500
2021-08-26T16:39+0500
2021-08-26T16:39+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/263/34/2633485_0:0:3139:1767_1920x0_80_0_0_903e64111ee95bd406eda26046470723.jpg
TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Afg‘onistonning sobiq prezidenti Xamid Karzay va milliy yarashuv bo‘yicha kengash rahbari Abdulla Abdulla uy qamog‘iga olingan, deb xabar qilmoqda CNN o‘z manbasiga tayangan holda.Manbaning so‘zlariga ko‘ra, dushanba kuni toliblar sobiq-prezident Karzay qo‘riqchilarini quroldan mahrum qilishgan, shuningdek, avtomobilini ham tortib olishgan.Chorshanba kuni harakat Abdullaning uyida tintuv o‘tkazgan va uni qo‘riqchi hamda avtomobillardan mahrum etgan."Karzay va Abdulla hozir uy qamog‘ida o‘tirishibdi. Ular qo‘riqchidan mahrum etilib, "Tolibon"* nazoratida", - deyiladi telekanal saytida berilgan xabarda.Ilgariroq afg‘on OAVlari, Karzay va Abdulla, shuningdek, Islom partiyasi yetakchisi Gulbeddin Hikmator Afg‘onistonni boshqarish bo‘yicha "Tolibon"* harakati tomonidan shakllantirilayotgan kengash tarkibiga kiritilishlari haqida xabar tarqatgan edi.Ta’kidlanishicha, kengashdan 12 kishi shu jumladan, "Tolibon"* siyosiy qanoti yetakchisi Abdul G‘ani Barodar va "Tolibon"* harbiy komissiyasi boshlig‘i Mulavi Yakub o‘rin olishi aytilgandi.* RFda ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.
https://oz.sputniknews.uz/20210826/toliblar-aqsh-iqtisodiyotini-bir-yoqlik-qilishlari-mumkin-20255094.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/263/34/2633485_175:0:2906:2048_1920x0_80_0_0_677b5d41dc00da7b80ce8269874e22b2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
Toliblar Afg‘onistonning sobiq prezidentini uy qamog‘iga olishdi
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, dushanba kuni toliblar sobiq-prezident Karzay qo‘riqchilarini quroldan mahrum qilishgan, shuningdek, avtomobilini ham tortib olishgan.
TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Afg‘onistonning sobiq prezidenti Xamid Karzay va milliy yarashuv bo‘yicha kengash rahbari Abdulla Abdulla uy qamog‘iga olingan, deb xabar qilmoqda CNN o‘z manbasiga tayangan holda.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, dushanba kuni toliblar sobiq-prezident Karzay qo‘riqchilarini quroldan mahrum qilishgan, shuningdek, avtomobilini ham tortib olishgan.
Chorshanba kuni harakat Abdullaning uyida tintuv o‘tkazgan va uni qo‘riqchi hamda avtomobillardan mahrum etgan.
"Karzay va Abdulla hozir uy qamog‘ida o‘tirishibdi. Ular qo‘riqchidan mahrum etilib, "Tolibon"* nazoratida", - deyiladi telekanal saytida berilgan xabarda.
Ilgariroq afg‘on OAVlari, Karzay va Abdulla, shuningdek, Islom partiyasi yetakchisi Gulbeddin Hikmator Afg‘onistonni boshqarish bo‘yicha "Tolibon"* harakati tomonidan shakllantirilayotgan kengash tarkibiga kiritilishlari haqida xabar tarqatgan edi.
Ta’kidlanishicha, kengashdan 12 kishi shu jumladan, "Tolibon"* siyosiy qanoti yetakchisi Abdul G‘ani Barodar va "Tolibon"* harbiy komissiyasi boshlig‘i Mulavi Yakub o‘rin olishi aytilgandi.
* RFda ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.