https://oz.sputniknews.uz/20210826/ozbekistonning-afgoniston-boyicha-rasmiy-pozitsiyasi-aytildi-20251670.html
O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha rasmiy pozitsiyasi aytildi
O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha rasmiy pozitsiyasi aytildi
Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistondagi vaziyat sababli ayrim davlatlarning diplomatik vakilatxonalari faoliyati to‘xtatilgan bo‘lsa-da, O‘zbekistonning Kobul va Mazori Sharif shaharlaridagi... 26.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-26T13:59+0500
2021-08-26T13:59+0500
2021-08-26T13:59+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/13/20154394_0:143:2749:1689_1920x0_80_0_0_1d135cd2109871e7c11efca84baa1ef8.jpg
TOShKENT, 26 avg - Sputnik. O‘zbekiston Afg‘onistondagi barcha ichki siyosiy kuchlar o‘rtasida Afg‘onistonning yangi hukumatini tuzish bo‘yicha milliy murosaga imkon qadar tezroq erishishdan manfaatdor. Bu haqda Oliy Majlis Senatining o‘n skkizinchi yalpi majlisida hisobot bergan Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Farhod Arziyev bayonot qildi.Shuningdek, O‘zbekiston Xalqaro hamkorlariga Afg‘onistondan fuqarolarni tranzit yo‘li bilan xavfsiz joyga ko‘chirish borasidagi ishlariga yordam bermoqda. Bundan tashqari, tranzit orqali Afg‘onistondan chiqib ketayotgan fuqarolar belgilangan manzilga yetib borishi kafolatlangan. "Tranzit yo‘li bilan O‘zbekistonga kirib kelganlarning hech biri mamlakatimizda qolmaydi", - degan vazir o‘rinbosari.Afg‘onistondagi vaziyat sababli ayrim davlatlarning diplomatik vakilatxonalari faoliyati to‘xtatilgani, o‘z navbatida O‘zbekistonning Kobul va Mazori Sharif shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalari faoliyat olib borayotgani aytib o‘tildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/13/20154394_152:0:2595:1832_1920x0_80_0_0_d0a3e56d117a325fd27bdd94c1f366d9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha rasmiy pozitsiyasi aytildi
Afg‘onistondagi vaziyat sababli ayrim davlatlarning diplomatik vakilatxonalari faoliyati to‘xtatilgan bo‘lsa-da, O‘zbekistonning Kobul va Mazori Sharif shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalari faoliyatini davom ettirmoqda
TOShKENT, 26 avg - Sputnik. O‘zbekiston Afg‘onistondagi barcha ichki siyosiy kuchlar o‘rtasida Afg‘onistonning yangi hukumatini tuzish bo‘yicha milliy murosaga imkon qadar tezroq erishishdan manfaatdor. Bu haqda Oliy Majlis Senatining o‘n skkizinchi yalpi majlisida hisobot bergan Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Farhod Arziyev bayonot qildi.
Xususan, Arziyevning ta’kidiga ko‘ra, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha O‘zbekiston Afg‘onistondagi barcha ichki siyosiy kuchlar o‘rtasida Afg‘onistonning yangi hukumatini tuzish bo‘yicha milliy murosaga imkon qadar tezroq erishishdan manfaatdor. O‘zbekiston mazkur mamlakatda keng vakillikka asoslangan inklyuziv koalitsion hukumatni tuzish asnosida tinchlik o‘rnatilishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Shuningdek, O‘zbekiston Xalqaro hamkorlariga Afg‘onistondan fuqarolarni tranzit yo‘li bilan xavfsiz joyga ko‘chirish borasidagi ishlariga yordam bermoqda. Bundan tashqari, tranzit orqali Afg‘onistondan chiqib ketayotgan fuqarolar belgilangan manzilga yetib borishi kafolatlangan. "Tranzit yo‘li bilan O‘zbekistonga kirib kelganlarning hech biri mamlakatimizda qolmaydi", - degan vazir o‘rinbosari.
Afg‘onistondagi vaziyat sababli ayrim davlatlarning diplomatik vakilatxonalari faoliyati to‘xtatilgani, o‘z navbatida O‘zbekistonning Kobul va Mazori Sharif shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalari faoliyat olib borayotgani aytib o‘tildi.