https://oz.sputniknews.uz/20210826/ozbekistonga-qariyb-100-kilo-narkotik-olib-kirmoqchi-bolgan-haydovchi-qolga-olindi-20243824.html
O‘zbekistonga qariyb 100 kilo narkotik olib kirmoqchi bo‘lgan haydovchi qo‘lga olindi
O‘zbekistonga qariyb 100 kilo narkotik olib kirmoqchi bo‘lgan haydovchi qo‘lga olindi
Sputnik O‘zbekiston
Jami 96,6 kilogramm og‘irlikdagi giyohvandlik vositalarining respublika hududiga yashirincha olib kirilishining oldi olindi. 26.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-26T10:07+0500
2021-08-26T10:07+0500
2021-08-26T10:07+0500
hodisalar
giyohvand moddalar
davlat bojxona qo‘mitasi
surxondaryo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/855/84/8558492_0:158:3001:1846_1920x0_80_0_0_f31e78a3855677e8f436a6e784ca750e.jpg
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Surxondaryo viloyatida bojxonachilar qariyb 100 kiloga yaqin giyohvandlik vositalarini olib kirishga uringan haydovchini ushladi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.Ma’lum qilinishicha, "Sariosiyo" chegara bojxona postiga 25-avgust kuni tungi soat 03:30 larda qo‘shni davlat fuqarosi boshqaruvidagi “Mercedes-Benz” rusumli yuk avtotransport vositasi kirib kelgan.Haydovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidek, avtotransport vositasiga 20 tonna og‘irlikdagi ip kalava yuklanganini aytadi.Ammo avtomobil tirkamasi belgilangan tartibda xizmat iti ko‘magida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, tirkamaning old tomoni pastki qismiga xufiyona tarzda jami 93 dona polietilen o‘ramlar yashirilgani fosh qilingan.Yashil va qizil ranglardagi 82 ta o‘ramga 85 kilogramm 505 gramm og‘irlikdagi geroin hamda 11 dona sariq rangli o‘ramga 11 kilogramm 425 gramm og‘irlikdagi gashish giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.Jami 96 kilogramm 930 gramm og‘irlikdagi narkotik musodara qilingan.Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Avvalroq O‘zbekistonda 2020-yilda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq 53 ta holatlarda 55 nafar chet el fuqarolari ushlangani xabar qilingan.
https://oz.sputniknews.uz/20210824/zahri-qotil-toshkentda--13-tonna-giyohvand-moddalar-yoqib-yuborildi--video-20213002.html
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/855/84/8558492_164:0:2835:2003_1920x0_80_0_0_a8b60f5ce6ad2dfc7867d5b4d4b9409a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , giyohvand moddalar, davlat bojxona qo‘mitasi, surxondaryo
hodisalar , giyohvand moddalar, davlat bojxona qo‘mitasi, surxondaryo
O‘zbekistonga qariyb 100 kilo narkotik olib kirmoqchi bo‘lgan haydovchi qo‘lga olindi
Jami 96,6 kilogramm og‘irlikdagi giyohvandlik vositalarining respublika hududiga yashirincha olib kirilishining oldi olindi.
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Surxondaryo viloyatida bojxonachilar qariyb 100 kiloga yaqin giyohvandlik vositalarini olib kirishga uringan haydovchini ushladi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi
xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, "Sariosiyo" chegara bojxona postiga 25-avgust kuni tungi soat 03:30 larda qo‘shni davlat fuqarosi boshqaruvidagi “Mercedes-Benz” rusumli yuk avtotransport vositasi kirib kelgan.
Haydovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidek, avtotransport vositasiga 20 tonna og‘irlikdagi ip kalava yuklanganini aytadi.
Ammo avtomobil tirkamasi belgilangan tartibda xizmat iti ko‘magida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, tirkamaning old tomoni pastki qismiga xufiyona tarzda jami 93 dona polietilen o‘ramlar yashirilgani fosh qilingan.
Yashil va qizil ranglardagi 82 ta o‘ramga 85 kilogramm 505 gramm og‘irlikdagi geroin hamda 11 dona sariq rangli o‘ramga 11 kilogramm 425 gramm og‘irlikdagi gashish giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.
Jami 96 kilogramm 930 gramm og‘irlikdagi narkotik musodara qilingan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq O‘zbekistonda 2020-yilda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq 53 ta holatlarda 55 nafar chet el fuqarolari
ushlangani xabar qilingan.