https://oz.sputniknews.uz/20210826/koronavirusga-qarshi-emlashga-vaqtinchalik-va-doimiy-monelik-qiluvchi-holatlar-belgilandi-20255813.html
Koronavirusga qarshi emlashga vaqtinchalik va doimiy monelik qiluvchi holatlar belgilandi
Koronavirusga qarshi emlashga vaqtinchalik va doimiy monelik qiluvchi holatlar belgilandi
Sputnik O‘zbekiston
Vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar maxsus komissiya tomonidan belgilanadi. 26.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-26T16:34+0500
2021-08-26T16:34+0500
2021-08-26T16:34+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/04/19533902_0:134:3165:1914_1920x0_80_0_0_1dee3a72e2a52c79298035627e87a74e.jpg
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan ommaviy emlash jarayonlarida amal qilinishi kerak bo‘lgan asosiy qoidalar ayta ko‘rib chiqildi. emlashga vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladigan ishlar belgilandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, emlanishi lozim bo‘lgan aholi vakillari shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan birlamchi tibbiy-sanitariya bo‘g‘ini muassasalarining ro‘yxatxonasiga murojaat qiladi va oilaviy shifokor tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, uning xulosasi fuqaroning tibbiy kartasida qayd qilinadi.Emlanishga qarshi tibbiy ko‘rsatma mavjud bo‘lsa, u holda emlashga vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklov qo‘yiladi.Vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar faqat davolash-profilaktika muassasalari rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiya tomonidan belgilanadi.Vaqtinchalik qarshi ko‘rsatmalar:Emlashga uzoq muddatli va doimiy moneliklar:Jahon sog‘likni saqlash tashkilotining tavsiyalariga va vaksinalarning yo‘riqnomalariga asoslangan holda emlashdagi interval 21 kundan 12 haftagacha belgilanadi.O‘zbekistonda shu kungacha 13 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanilgan va 1,55 milliondan ziyod fuqaro to‘liq emlangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/04/19533902_217:0:2948:2048_1920x0_80_0_0_fa7dd84df6cb72855a4274702a4b9a7f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
Koronavirusga qarshi emlashga vaqtinchalik va doimiy monelik qiluvchi holatlar belgilandi
Vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar maxsus komissiya tomonidan belgilanadi.
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan ommaviy emlash jarayonlarida amal qilinishi kerak bo‘lgan asosiy qoidalar ayta ko‘rib chiqildi. emlashga vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladigan ishlar belgilandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati
xabar berdi. Ta’kidlanishicha, emlanishi lozim bo‘lgan aholi vakillari shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan birlamchi tibbiy-sanitariya bo‘g‘ini muassasalarining ro‘yxatxonasiga murojaat qiladi va oilaviy shifokor tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, uning xulosasi fuqaroning tibbiy kartasida qayd qilinadi.
Emlanishga qarshi tibbiy ko‘rsatma mavjud bo‘lsa, u holda emlashga vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklov qo‘yiladi.
Vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar faqat davolash-profilaktika muassasalari rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiya tomonidan belgilanadi.
Vaqtinchalik qarshi ko‘rsatmalar:
koronavirus kasalligining o‘tkir shakli bo‘lgan bemorlar;
laboratoriyada SOVID-19 musbat natija bergan, biroq klinik belgilar bo‘lmagan shaxslar;
koronavirus kasalligi bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar karantin muddati tugaganidan keyin emlanadi.
Emlashga uzoq muddatli va doimiy moneliklar:
anamnezida og‘ir allergik reaksiyalari (anafilaktik shok) bo‘lgan shaxslar (tasdiqlovchi tibbiy hujjat bo‘lganda);
homilador va emizikli ayollar (vaksinaning ushbu kontingentga xavfsizligi to‘g‘risida ma’lumot yetarli emasligi sababli);
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
anamnezida tug‘ma yoki orttirilgan immunotanqislik holati, OIV infeksiyasi bo‘lgan bemorlar;
vaksinaning komponentlariga yuqori sezgirligi bo‘lgan shaxslar.
Jahon sog‘likni saqlash tashkilotining tavsiyalariga va vaksinalarning yo‘riqnomalariga asoslangan holda emlashdagi interval 21 kundan 12 haftagacha belgilanadi.
O‘zbekistonda shu kungacha 13 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanilgan va 1,55 milliondan ziyod fuqaro to‘liq emlangan.