“Zahri qotil”: Toshkentda 1,3 tonna giyohvand moddalar yoqib yuborildi — video

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMeropriyatie po unichtojeniyu narkoticheskix sredstv
Meropriyatie po unichtojeniyu narkoticheskix sredstv  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2021
Obuna bo‘lish
O‘tgan yili respublikada noqonuniy muomaladan 1,54 tonna giyohvand moddalar musodara qilingan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28,5 foizga ko‘p.
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati 24-avgust kuni respublika huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan noqonuniy muomaladan musodara qilingan giyohvand moddalarini yo‘q qilish bo‘yicha navbatdagi tadbir o‘tkazdi.
1 350 kg yaqin giyohvandlik vositalari yoqib yuborildi.
Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda O‘zbekistonda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq 6032 ta, ya’ni avvalgi yilga nisbatan 20 foiz ko‘proq jinoyat fosh etilgan.
Ulardan 1814 tasi narkotik moddalarni o‘tkazish-sotish, 304 tasi kontrabanda, 1521 tasi ta’qiqlangan o‘simliklarni yetishtirish, 49 tasi bangixonalar tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, boshqa turdagi narkojinoyatlar 2344 tani tashkil etgan.
2020 yilda respublikada noqonuniy muomaladan 1 tonna 542,6 kg yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28,5 foizga ko‘p narkotik moddalar musodara qilingan.
Ular 28,4 kg – geroin, 124,1 kg – opiy, 323,9 kg – ko‘knor, 127,3 kg - gashish moyi (nasha moyi), 223,9 kg – gashish, 692,8 kg – marixuana, 279,4 gr – kokain, 1229,7 gr. - sintetik narkotik moddalar, 446.98 gr - boshqa narkotik moddalar (eutilon - amfetamin guruhiga oid etilon narkotik moddasining analogi, metamfetamin, mefedron, LSD (lizergin kislotasi) va boshqa turdagi narkotik moddalar) va 19,96 kg - tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan dori vositalardir.
Yangiliklar lentasi
0