“UzAirways” Mustaqillik bayramida 50 foizgacha chegirma joriy etadi

© SputnikBoing 767
Boing 767 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. “Uzbekistan Airways” AJ Mustaqillik bayrami munosabatati bilan 1-sentabrdan 5-sentabriga qadar O‘zbekiston bo‘ylab amalga oshirilayotgan ichki reyslar aviachiptalariga 30 foizdan 50 foizgacha chegirma berishini ma’lum qildi.
Maxsus chegirmalar barcha aviachiptalarga amal qilib, faqat quyidagi shaxslarga taqdim etiladi;
yakka tartibdagi yo‘lovchilar 30%;
turistik guruhlar (5 va undan ortiq kishi), o‘quvchilar, kollej, litsey, OTM talabalari, O‘zbekiston IIB, MV, DXX, DSQ, DBQ tizimlari talabalari va eshituvchilari va boshqa idoralar uchun 40%;
oila uchun 50% (2 va undan ortiq, ya’ni: eru-xotin va ularning 18 yoshdan oshmagan farzandlari, ota va uning 18 yoshdan oshmagan farzandlari yoki ona va uning 18 yoshdan oshmagan farzandlari);
nafaqaxo‘rlar uchun 50%;
nogironligi bor shaxslarga 50%;
1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun 50%;
1941-1945 yillardagi urush davrida frontortida fidokorona mehnati va urush maydonida benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun 50%;
Chernobil AESidagi falokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar uchun 50%.
Yuqorida ko‘rsatilgan chegirmalar chaqaloqlar va 2 yoshga to‘lmagan bolalarga amal qilmaydi. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga chegirmalardan faqatgina 1 tasini qo‘llash mumkin. Chegirmalarni boshqa chegirmalar bilan qo‘llash mumkin emas. Yo‘lovchilar aviachipta xarid qilayotganlarida shaxsni tasdiqlovchi xujjatlarni taqdim etishlari shart.
Yangiliklar lentasi
0