https://oz.sputniknews.uz/20210810/harb-maydonda-ozbekiston-tojikiston-va-rossiya-harbiy-mashqlari-oz-yakuniga-etdi-20021644.html
“Harb maydon”da O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiya harbiy mashqlari o‘z yakuniga yetdi
“Harb maydon”da O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiya harbiy mashqlari o‘z yakuniga yetdi
Sputnik O‘zbekiston
Mashg‘ulotlar Afg‘onistonda vaziyatning keskinlashuvi va Markaziy Osiyoning chegaradosh mamlakatlariga radikal terrorchi guruhlar kirishi tahdidi ortidan o‘tkazilgan. 10.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-10T13:44+0500
2021-08-10T13:44+0500
2023-04-05T18:34+0500
jamiyat
o‘zbekiston
tojikiston
taktik o‘quv mashg‘ulotlari
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/08/19991280_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_17899c641cc11ea93b98a06c3d9fb8f6.jpg
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Tojikiston “Harb maydon” poligonida O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiyaning 2,5 ming harbiy xizmatchilari ishtirokidagi uch tomonlama qo‘shma mashg‘ulotlar o‘z yakuniga yetdi. Bu haqda Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin ma’lum qildi.Uning ta’kidlashicha, mashg‘ulotlar Afg‘onistonda vaziyatning keskinlashuvi va Markaziy Osiyoning chegaradosh mamlakatlariga radikal terrorchi guruhlar kirishi tahdidi ortidan o‘tkazilgan.“Ishonchim komilki, keyingi qo‘shma xatti-harakatlar jangovar hamdo‘stlikni mustahkamlashga, mamlakatlarimizni harbiy tajovuzkorlik xavfidan saqlaydi”, - deya qo‘shimcha qildi Lapin.O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari - Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Shuhrat Xolmuhammedov ham Afg‘onistondagi vaziyatdan xavotir bildirdi.Tojikiston mudofaa vaziri general-polkovnik Sherali Mirzo Sherali Mirzo bunday aksilterror mashg‘ulotlar uch mamlakat harbiy hamkorligi tarixida ilk bor o‘tkazildi.“So‘ngi bir necha yillarda Yaqin Sharqdagi mamlakatlar hududidagi keskinlik Afg‘onistonga ko‘chgani kuzatilmoqda. So‘nggi yillarda ro‘y berayotgan jarayonlar tahlili mintaqamizdagi vaziyat bu mamlakatdagi siyosiy ahvolning rivojlanish voqealariga bog‘liq bo‘lishini ko‘rsatmoqda”, - dedi Tojikiston vaziri.Tojikistondagi mashg‘ulotlarga uch davlat armiyasining 2,5 mingdan ortiq harbiylari jalb qilindi. Ularda qiruvchi samolyotlar, jangovar vertolotlar, tanklar, bronetransportorlar, reaktiv artilleriya, minomot batareyalari kabi yuzlab harbiy texnikalar ishtirokida belgilangan topshiriqlarni bajardilar.
https://oz.sputniknews.uz/20210806/ozbekiston-rossiya-va-tojikiston-afgon-chegarasi-yaqinida-nega-mashq-qilayotgani-haqida-19978650.html
o‘zbekiston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/08/19991280_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_00a99943e091eb18d0ef489d90722068.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, tojikiston, taktik o‘quv mashg‘ulotlari , rossiya
jamiyat, o‘zbekiston, tojikiston, taktik o‘quv mashg‘ulotlari , rossiya
“Harb maydon”da O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiya harbiy mashqlari o‘z yakuniga yetdi
13:44 10.08.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Mashg‘ulotlar Afg‘onistonda vaziyatning keskinlashuvi va Markaziy Osiyoning chegaradosh mamlakatlariga radikal terrorchi guruhlar kirishi tahdidi ortidan o‘tkazilgan.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Tojikiston “Harb maydon” poligonida O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiyaning 2,5 ming harbiy xizmatchilari ishtirokidagi uch tomonlama qo‘shma mashg‘ulotlar o‘z yakuniga yetdi. Bu haqda Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin
ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mashg‘ulotlar Afg‘onistonda vaziyatning keskinlashuvi va Markaziy Osiyoning chegaradosh mamlakatlariga radikal terrorchi guruhlar kirishi tahdidi ortidan o‘tkazilgan.
“Ishonchim komilki, keyingi qo‘shma xatti-harakatlar jangovar hamdo‘stlikni mustahkamlashga, mamlakatlarimizni harbiy tajovuzkorlik xavfidan saqlaydi”, - deya qo‘shimcha qildi Lapin.
O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari - Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Shuhrat Xolmuhammedov ham Afg‘onistondagi vaziyatdan xavotir bildirdi.
“Vaziyat bizdan doimiy sergaklik va jangovar tayyorgarlikni talab qiladi”, - dedi u.
Tojikiston mudofaa vaziri general-polkovnik Sherali Mirzo Sherali Mirzo bunday aksilterror mashg‘ulotlar uch mamlakat harbiy hamkorligi tarixida ilk bor o‘tkazildi.
“So‘ngi bir necha yillarda Yaqin Sharqdagi mamlakatlar hududidagi keskinlik Afg‘onistonga ko‘chgani kuzatilmoqda. So‘nggi yillarda ro‘y berayotgan jarayonlar tahlili mintaqamizdagi vaziyat bu mamlakatdagi siyosiy ahvolning rivojlanish voqealariga bog‘liq bo‘lishini ko‘rsatmoqda”, - dedi Tojikiston vaziri.
Tojikistondagi mashg‘ulotlarga uch davlat armiyasining 2,5 mingdan ortiq harbiylari jalb qilindi. Ularda qiruvchi samolyotlar, jangovar vertolotlar, tanklar, bronetransportorlar, reaktiv artilleriya, minomot batareyalari kabi yuzlab harbiy texnikalar ishtirokida belgilangan topshiriqlarni bajardilar.