https://oz.sputniknews.uz/20210809/ozbekistonda-kafe-va-restoranlarga-maxsus-qr-kodni-korsatgan-holda-kirish-mumkin-boladi-19996983.html
O‘zbekistonda kafe va restoranlarga maxsus QR-kodni ko‘rsatgan holda kirish mumkin bo‘ladi
O‘zbekistonda kafe va restoranlarga maxsus QR-kodni ko‘rsatgan holda kirish mumkin bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash jarayonlarini jadallashtirish masalasi muhokama... 09.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-09T07:46+0500
2021-08-09T07:46+0500
2021-08-09T07:46+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/0b/18678606_0:0:3641:2048_1920x0_80_0_0_4c2f12c0e82b4607a08c7b13cd2284a4.jpg
TOShKENT, 9 avg - Sputnik. Joriy yil 10-avgustdan e’tiboran O‘zbekistondagi umumiy ovqatlanish shoxobchalariga maxsus QR-kodni ko‘rsatgan holda tashrif buyurish mumkin bo‘ladi.Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati xabar bermoqda."...aholini ommaviy emlash koronavirusning yangi to‘lqinlarining oldini olishning muhim omili ekanligini hisobga olib, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini pandemiya sharoitida har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va emlash jarayonlarini yanada jadallashtirish maqsadida maxsus komissiyasining qarori bilan: 2021-yil 10-avgustdan e’tiboran: umumiy ovqatlanish obyektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarning ishchi va xodimlari (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lgan xodimlari bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qat’i nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to‘g‘risidagi sertifikati bo‘lgan taqdirda, ularga nisbatan soat 8:00 dan 20:00 gacha hamda faqat ochiq havoda faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq karantin cheklovlari tatbiq etilmasligi belgilandi", - deyiladi xabarda.Bunda umumiy ovqatlanish obyektlariga koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganligi to‘g‘risidagi QR-kodi yoki sertifikati mavjud bo‘lgan tashrif buyuruvchilarni kiritish tavsiya etilmoqda (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lganlar bundan mustasno). 2021-yil 1-oktabrdan boshlab: tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish subyektlarining ishchi va xodimlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lganlar bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qat’i nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to‘g‘risidagi sertifikati bo‘lmagan taqdirda, ularning faoliyat ko‘rsatishi vaqtinchalik to‘xtatiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210805/koronavirusning-delta-shtammiga-qarshi-yangi-vaktsinalar-talab-etilishi-mumkin---olimlar-19960271.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/0b/18678606_541:0:3272:2048_1920x0_80_0_0_be11bdf1d552eeabb50cb7786fdd99bd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi
O‘zbekistonda kafe va restoranlarga maxsus QR-kodni ko‘rsatgan holda kirish mumkin bo‘ladi
Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash jarayonlarini jadallashtirish masalasi muhokama qilindi.
TOShKENT, 9 avg - Sputnik. Joriy yil 10-avgustdan e’tiboran O‘zbekistondagi umumiy ovqatlanish shoxobchalariga maxsus QR-kodni ko‘rsatgan holda tashrif buyurish mumkin bo‘ladi.
Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati xabar bermoqda.
"...aholini ommaviy emlash koronavirusning yangi to‘lqinlarining oldini olishning muhim omili ekanligini hisobga olib, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini pandemiya sharoitida har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va emlash jarayonlarini yanada jadallashtirish maqsadida maxsus komissiyasining qarori bilan: 2021-yil 10-avgustdan e’tiboran: umumiy ovqatlanish obyektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarning ishchi va xodimlari (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lgan xodimlari bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qat’i nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to‘g‘risidagi sertifikati bo‘lgan taqdirda, ularga nisbatan soat 8:00 dan 20:00 gacha hamda faqat ochiq havoda faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq karantin cheklovlari tatbiq etilmasligi belgilandi", - deyiladi xabarda.
Bunda umumiy ovqatlanish obyektlariga koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganligi to‘g‘risidagi QR-kodi yoki sertifikati mavjud bo‘lgan tashrif buyuruvchilarni kiritish tavsiya etilmoqda (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lganlar bundan mustasno).
2021 yil 1-oktabrdan boshlab: tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish subyektlarining ishchi va xodimlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lganlar bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qat’i nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to‘g‘risidagi sertifikati bo‘lmagan taqdirda, ularning faoliyat ko‘rsatishi vaqtinchalik to‘xtatiladi.