IIBB Olmazor city’dagi juftlik bilan suhbat o‘tkazdi

© uznews.uzShevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana
Shevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2021
Obuna bo‘lish
Birovlarning shaxsiy hayoti va montaj qilingan yolg‘on videolarni tarqatish - jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin - Toshkent IIBB.
TOShKENT, 9 avg - Sputnik. Toshkent shahar IIBB uy balkonidagi ayol va erkak kimligini aniqladi, deb xabar qilmoqda Qalampir nashri IIBB Axborot-multimedia markazi boshlig‘i Nilufar Isaxonovaga asosan.
“Hozirgi kunda Toshkent shahar IIBB tomonidan Feruza Najmiddinovaning arizasi yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Videoda aks ettirilgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu fuqaro S.A. o‘zining turmush o‘rtog‘i Sh.A. bilan birga shu ishni qilgani oydinlashdi. Ushbu fuqarolar bilan tushuntirish profilaktika ishlari olib borildi va bunday xatti-harakatlarni odamlar ko‘z o‘ngida qilish mumkin emasligi tushuntirildi.
Ma’lum bo‘lishicha, ular bir xonali uyda yashagani bois, farzandlarining oldida emas, tashqarida bu kabi harakatlarni sodir etgan. Videodagi ayol Feruza Najmiddinova emasligi IIBB tomonidan to‘liq tekshirilib, aniqlandi, - deydi Isaxonova.
Undan tashqari, IIBB multimedia markazi boshlig‘i fuqarolardan, kishilarning shaxsiy hayotiga taaluqli ushbu kabi vodeolavhalarni keng ommaga tarqatish, montaj uslubida yolg‘on ma’lumotlar tarqatish - huquqbuzarlik ekanini eslatib, buning uchun jinoiy javobgarlik kelib chiqishi mumkinligini aytib o‘tdi.
"Agarda shu kabi videolarni tasvirga olsangiz, uni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmasligingizni so‘rardim. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy va Jinoiy Javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga asosan bunday harakatlar huquqbuzarlik hamda jinoyat deb topilishi mumkin.Bundan tashqari, montaj uslubida tekshirilmagan hamda yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish ham jinoiy javobgarlikka tortilishiga asos bo‘ladi”, - deydi Nilufar Isaxonova.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin go‘yoki Qalampir nashri jurnalisti Feruza Najmiddinova aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan edi. Shunday so‘ng keng jamoatchilik va qator rahbarlar jurnalistni himoya qilib chiqishgan edi. Ayni damda IIBB Najmidinovaning arizasiga muvofiq, ushbu voqea tafsilotlarini aniqlashtirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0