Moskvada migrantlar ustidan tekshiruv boshlanmoqda - sabablar

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMigranti
Migranti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyada politsiyachilar taksichilar va chet elliklar eng ko‘p istiqomat qiluvchi hududlarda reyd o‘tkazishni rejalashtirmoqda
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Moskva va Moskva viloyatida migrantlarga qarshi muddatsiz tekshiruvlar start olmoqda. Nazorat Rossiya ichki ishlar vazirligi va Rosgvardiya xodimlari tomonidan amalga oshiriladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.
Jumladan, 14-avgustdan Rossiya poytaxti va Podmoskovyeda "Taksichi" reydi boshlanmoqda. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Moskva taksi xizmatida ishlovchi mehnat migrantlarini tekshiradilar. Haydovchilar yo‘lovchilarni KIS "ART" tizimi nazorati ostida tashiydilar.
Draka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2021
Rossiyada ommaviy mushtlashuv yuz berdi: o‘zbekistonlik migrantlar ishtiroki o‘rganilmoqda
Taksichilarni raqamli identifikatsiya qilish oldidan YXXB xodimlari kuchaytirilgan tekshiruvni amalga oshirishi aytilmoqda.
Shuningdek, reyd davomida "Aqlli shahar" texnologiyasidan foydalaniladi.
Huquqni muhofaza qilish organlari shu tarzda "ART" tizimiga ulanmagan va hisobda turmaydigan taksichilarni aniqlash va ularga nisbatan chora qo‘llashni rejalashtirgan.
Ikkinchi - "Muhojir" deb nomlangan tekshiruv Rossiyada chet el fuqarolari eng ko‘p yashaydigan hududlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bu reydlar migrantlar o‘rtasida tez-tez ro‘y berayotgan ommaviy mushtlashuvlar sabab bo‘lgan. RF Ichki ishlar vazirligining yaqinda taqdim etgan hisobotiga ko‘ra, 2021-yil boshidan chet el fuqarolari orasida jinoyatchilik darajasi 5%ga oshgan. Shu bilan bir qatorda qonunbuzarlik faolligi oshishda davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0