https://oz.sputniknews.uz/20210807/yangi-tartib-boyicha-ipoteka-kreditlari-asosida-quriladigan-uylarning-soni-oshirildi-19984779.html
Yangi tartib bo‘yicha ipoteka kreditlari asosida quriladigan uylarning soni oshirildi
Yangi tartib bo‘yicha ipoteka kreditlari asosida quriladigan uylarning soni oshirildi
Sputnik O‘zbekiston
Ipoteka kreditlari bo‘yicha ajratiladigan subsidiya miqdori 960,4 mlrd. so‘mdan 1 trln 97 mlrd so‘mga oshirildi. 07.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-07T09:45+0500
2021-08-07T09:45+0500
2021-08-07T09:45+0500
iqtisod
kredit
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/75/14177569_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_42894f4ddf1101ad677df78d82814088.jpg
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Prezident farmoni bilan O‘zbekiston prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari asosida uy-joylarning qiymati har yili Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan belgilanadi va har olti oyda qayta ko‘rib chiqiladi. Ilgari Moliya vazirligi tomonidan belgilangan.2021 yilda yangi tartib bo‘yicha ipoteka kreditlari asosida quriladigan uylarning soni 2006 taga ko‘paytirilib, 35 120 ta etib belgilandi.Shuningdek, ipoteka kreditlari bo‘yicha ajratiladigan subsidiya miqdori 960,4 mlrd. so‘mdan 1 trln 97 mlrd so‘mga oshirildi.Qishloq joylaridagi uy-joylarga boshlang‘ich badal uchun subsidiyaning eng ko‘p miqdori 28 mln so‘mdan 31 mln 500 ming so‘mga ko‘paytirildi.
https://oz.sputniknews.uz/20210518/jahon-banki-ozbekistonga-salkam-300-mln-dollar-imtiyozli-kredit-ajratadi-18775827.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/75/14177569_256:0:2987:2048_1920x0_80_0_0_8ccae79d654fe0005f55fb9d132fbcf0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, kredit
Yangi tartib bo‘yicha ipoteka kreditlari asosida quriladigan uylarning soni oshirildi
Ipoteka kreditlari bo‘yicha ajratiladigan subsidiya miqdori 960,4 mlrd. so‘mdan 1 trln 97 mlrd so‘mga oshirildi.
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Prezident farmoni bilan O‘zbekiston prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida
ma’lum qilindi. Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari asosida uy-joylarning qiymati har yili Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan belgilanadi va har olti oyda qayta ko‘rib chiqiladi. Ilgari Moliya vazirligi tomonidan belgilangan.
2021 yilda yangi tartib bo‘yicha ipoteka kreditlari asosida quriladigan uylarning soni 2006 taga ko‘paytirilib, 35 120 ta etib belgilandi.
Shuningdek, ipoteka kreditlari bo‘yicha ajratiladigan subsidiya miqdori 960,4 mlrd. so‘mdan 1 trln 97 mlrd so‘mga oshirildi.
Qishloq joylaridagi uy-joylarga boshlang‘ich badal uchun subsidiyaning eng ko‘p miqdori 28 mln so‘mdan 31 mln 500 ming so‘mga ko‘paytirildi.