https://oz.sputniknews.uz/20210803/tokio-olimpiadasi-intiqib-kutilgan-oltin-va-boksdagi-alamli-maglubiyatlar-19935229.html
Tokio Olimpiadasi: intiqib kutilgan “oltin” va boksdagi alamli mag‘lubiyatlar
Tokio Olimpiadasi: intiqib kutilgan “oltin” va boksdagi alamli mag‘lubiyatlar
Sputnik O‘zbekiston
Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarining 11-kuni o‘zbekistonliklar uchun ham quvonch, ham mag‘lubiyatlarga boy bo‘ldi. 03.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-03T19:18+0500
2021-08-03T19:18+0500
2023-04-05T15:48+0500
o‘zbekiston tokio olimpiya o‘yinlarida
milliy olimpiya qo‘mitasi
tokio
tokio olimpiadasi-2020
sport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/03/19933377_0:320:3073:2048_1920x0_80_0_0_dff03969218ab03ab9c569997eb0d724.jpg
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Tokioda davom etayotgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining 11-kunida o‘zbekistonlik 6 nafar sportchi o‘z omadini sinab ko‘rdi. Musobaqalar davomida O‘zbekiston bitta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Afsuski, g‘alaba qozonishlariga katta umid qilingan bokschilar alamli mag‘lubiyatga uchrashdi. Sputnik O‘zbekiston vakillarining bugungi Olimpiya o‘yinlarida chiqishlarini sarhisob qiladi.Yengil atletikadagi omadsizlikEngil atletika musobaqalarining erkaklar o‘rtasidagi uch hatlab sakrash bahslarida terma jamoa a’zosi Ruslan Qurbonov ishtirok etdi. U har uch urinishidan ham unumli foydalana olmadi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.Boks: jarohat, alamli mag‘lubiyat, so‘nggi umidBoks bo‘yicha Rio-2016 g‘olibi, jahon chempioni Shahobiddin Zoirov chorak finalda filippinlik Karlo Palamga imkoniyatni boy berdi. Jangning 2-raundi o‘tib borayotgan bir vaqtda bahs to‘xtatildi, chunki bu paytga kelib Zoirov jarohat olgandi va shu sababli shifokorlar jangni davom ettirishga ruxsat berishmadi.Bunday vaziyatlarda qoidaga ko‘ra o‘sha paytgacha olingan ochkolar hisob-kitob qilinadi. Afsuski, bu borada ustunlik filippinlik bokschi tomonida edi va shu tariqa o‘zbekistonoik chempion musobaqa bilan xayrlashdi.Yana bir o‘zbekistonlik bokschi Elnur Abduraimov ham musobaqa bilan xayrlashdi. U chorak finalda armanistonlik Ovannes Bachkovga imkoniyatni boy berdi.Nachora, endi yarim finalga yo‘l olgan Bahodir Jalolovdan oltin medal kutib qolamiz. Jalolov ertaga jang qiladi.Ayollar o‘rtasida-60 kg vazn toifasida ringga chiqqan Rayhona Qodirova yarim final ostonasida braziliyalik Beatriz Ferreyraga imkoniyatni boy berdi.Shu tariqa Olimpiya o‘yinlari dasturidagi ayollar boksida ilk bora uch nafar vakilasi bilan ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi debutda sovrindor bo‘lish imkoniyatni qo‘ldan chiqardi.Yunon-rum kurashi: chorak finaldagi g‘alaba va yarim finaldagi mag‘lubiyatUnon-rum kurashchi Rustam Assakalov Olimpiya o‘yinlarini g‘alaba bilan boshladi. 1/8 finalda gruziyalik Lasha Gobadzega qarshi kurash olib bordi. Unda O‘zbekiston vakili 6:5 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi. Qayd etish kerak, Gobadze 2019-yilda -82 kg vazn toifasida Jahon chempionati g‘olibiga aylangandi.Yarim final yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda Assakalovga xorvatiyalik Ivan Xuklek raqib bo‘ldi. Xuklek 4-1 hisobida g‘alabaga erishib, yarim finalga yo‘l oldi. U ham finalgacha yetib bora olmadi, shu tariqa Assakalovda bronza uchun imkoniyati bo‘lmadi.Intiqib kutilgan oltin medal va prezident tabrigi-109 kg vazn toifasidagi og‘ir atletikachilar bahsida Akbar Jo‘rayev supachaga ko‘tarildi.Dast ko‘tarish mashqida 193 kg ko‘targan Jo‘rayev, siltab ko‘tarish dasturida 237 kg ko‘tardi. Ikkala mashq natijasida uning ko‘rsatkichi 430 kg bo‘ldi. U siltab ko‘tarish va umumiy ko‘rsatkich bo‘yicha Olimpiada rekordini o‘rnatdi va oltin medalga ega chiqdi.Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng O‘zbekiston hisobidagi medallar 2 ta oltin va 1 ta bronzani tashkil etmoqda. Bu bilan mamlakat umumjamoa hisobida 28-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.Videoselektor yig‘ilishi chog‘ida prezident Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining ikkinchi oltin medali to‘g‘risida xabar berildi. Davlat rahbari barcha hamurtlarni va jamoaga ikkinchi oltin medalini keltirgan og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayevni, shuningdek, avvalroq olimpiya chempioniga aylangan taekvondochi Ulug‘bek Rashitov va bronza medali sohibi Davlat Bobonovni tabrikladi.
tokio
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/03/19933377_79:0:2810:2048_1920x0_80_0_0_a2bfc4273c732d7eccdd1065d86b32c2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tokio olimpiya o‘yinlarida, milliy olimpiya qo‘mitasi, tokio, tokio olimpiadasi-2020, sport
o‘zbekiston tokio olimpiya o‘yinlarida, milliy olimpiya qo‘mitasi, tokio, tokio olimpiadasi-2020, sport
Tokio Olimpiadasi: intiqib kutilgan “oltin” va boksdagi alamli mag‘lubiyatlar
19:18 03.08.2021 (yangilandi: 15:48 05.04.2023) Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarining 11-kuni o‘zbekistonliklar uchun ham quvonch, ham mag‘lubiyatlarga boy bo‘ldi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Tokioda davom etayotgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining 11-kunida o‘zbekistonlik 6 nafar sportchi o‘z omadini sinab ko‘rdi. Musobaqalar davomida O‘zbekiston bitta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Afsuski, g‘alaba qozonishlariga katta umid qilingan bokschilar alamli mag‘lubiyatga uchrashdi. Sputnik O‘zbekiston vakillarining bugungi Olimpiya o‘yinlarida chiqishlarini sarhisob qiladi.
Yengil atletikadagi omadsizlik
Yengil atletika musobaqalarining erkaklar o‘rtasidagi uch hatlab sakrash bahslarida terma jamoa a’zosi Ruslan Qurbonov ishtirok etdi. U har uch urinishidan ham unumli foydalana olmadi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Boks: jarohat, alamli mag‘lubiyat, so‘nggi umid
Boks bo‘yicha Rio-2016 g‘olibi, jahon chempioni Shahobiddin Zoirov chorak finalda filippinlik Karlo Palamga imkoniyatni boy berdi. Jangning 2-raundi o‘tib borayotgan bir vaqtda bahs to‘xtatildi, chunki bu paytga kelib Zoirov jarohat olgandi va shu sababli shifokorlar jangni davom ettirishga ruxsat berishmadi.
Bunday vaziyatlarda qoidaga ko‘ra o‘sha paytgacha olingan ochkolar hisob-kitob qilinadi. Afsuski, bu borada ustunlik filippinlik bokschi tomonida edi va shu tariqa o‘zbekistonoik chempion musobaqa bilan xayrlashdi.
Yana bir o‘zbekistonlik bokschi Elnur Abduraimov ham musobaqa bilan xayrlashdi. U chorak finalda armanistonlik Ovannes Bachkovga imkoniyatni boy berdi.
Nachora, endi yarim finalga yo‘l olgan
Bahodir Jalolovdan oltin medal kutib qolamiz. Jalolov ertaga jang qiladi.
Ayollar o‘rtasida-60 kg vazn toifasida ringga chiqqan Rayhona Qodirova yarim final ostonasida braziliyalik Beatriz Ferreyraga imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa Olimpiya o‘yinlari dasturidagi ayollar boksida ilk bora uch nafar vakilasi bilan ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi debutda sovrindor bo‘lish imkoniyatni qo‘ldan chiqardi.
Yunon-rum kurashi: chorak finaldagi g‘alaba va yarim finaldagi mag‘lubiyat
Yunon-rum kurashchi Rustam Assakalov Olimpiya o‘yinlarini g‘alaba bilan boshladi. 1/8 finalda gruziyalik Lasha Gobadzega qarshi kurash olib bordi. Unda O‘zbekiston vakili 6:5 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi. Qayd etish kerak, Gobadze 2019-yilda -82 kg vazn toifasida Jahon chempionati g‘olibiga aylangandi.
Yarim final yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda Assakalovga xorvatiyalik Ivan Xuklek raqib bo‘ldi. Xuklek 4-1 hisobida g‘alabaga erishib, yarim finalga yo‘l oldi. U ham finalgacha yetib bora olmadi, shu tariqa Assakalovda bronza uchun imkoniyati bo‘lmadi.
Intiqib kutilgan oltin medal va prezident tabrigi
-109 kg vazn toifasidagi og‘ir atletikachilar bahsida Akbar Jo‘rayev supachaga ko‘tarildi.
Dast ko‘tarish mashqida 193 kg ko‘targan Jo‘rayev, siltab ko‘tarish dasturida 237 kg ko‘tardi. Ikkala mashq natijasida uning ko‘rsatkichi 430 kg bo‘ldi. U siltab ko‘tarish va umumiy ko‘rsatkich bo‘yicha Olimpiada rekordini o‘rnatdi va oltin medalga ega chiqdi.
Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng O‘zbekiston hisobidagi medallar 2 ta oltin va 1 ta bronzani tashkil etmoqda. Bu bilan mamlakat umumjamoa hisobida 28-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.
Videoselektor yig‘ilishi chog‘ida prezident Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining ikkinchi oltin medali to‘g‘risida xabar berildi. Davlat rahbari barcha hamurtlarni va jamoaga ikkinchi oltin medalini keltirgan og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayevni, shuningdek, avvalroq olimpiya chempioniga aylangan taekvondochi
Ulug‘bek Rashitov va bronza medali sohibi
Davlat Bobonovni tabrikladi.