Transafg‘on koridorini amalga oshirish Markaziy Osiyo uchun muhim ahamiyatga ega - Safoyev

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPerviy zamestitel predsedatelya Senata Sadik Safayev
Perviy zamestitel predsedatelya Senata Sadik Safayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2021
Obuna bo‘lish
Transafg‘on transport koridorini amalga oshirish Markaziy Osiyo uchun muhim ahamiyatga ega - Safoyev
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Afg‘oniston transafg‘on transport koridoriga oid ko‘plab masalalarda kelishib oldilar, dedi Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga asosan.
Safoyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston yangilangan tashqi siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda, so‘nggi bir necha yil ichida Afg‘oniston va respublika o‘rtasidagi munosabatlar yangi sifat darajasiga ko‘tarildi, xususan, mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash bir necha bor oshdi. Bugungi kunda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash qariyb bir milliard dollarga yetdi, garchi 2015-yilda bu ko‘rsatkich nolga yaqin edi.
Uzbekistan, SShA, Pakistan i Afganistan sozdali novuyu ploshadku konsultatsiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2021
“AQSh-O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston” - yangi maslahatlashuvlar platformasi
"O‘tmishdagi xatolar takrorlash mumkin emas, u vaqtda Afg‘oniston o‘z holiga tashlab qo‘yilgandi va xalqaro terrorizm makoniga aylangandi. Shuning uchun mamlakatda rejalashtirilgan loyihalar davom ettirilishi uchun bugun butun dunyo Afg‘oniston xaosga tushmasligidan manfaatdor", - dedi Safoyev.
Birinchi navbatda Transafg‘on transport koridorini amalga oshirish bugungi kunda Markaziy Osiyo uchun muhim ahamiyatga ega. Ammo buning uchun Afg‘onistonda barqarorlik, voqealarning bashorat qilinadigan rivojlanishi talab etadi, chunki voqealar boshqarilmaydigan, nazoratsiz rivojlanib boradigan mamlakatga yirik investitsiyalar kelmaydi, deb tushuntirdi ekspert.
"Biz juda umid qilamizki, konferensiya Afg‘onistonda yirik loyihalarni amalga oshirish uchun yana bir muhim rag‘batlantiruvchi omilga aylanadi, chunki savdo bo‘lgan joyda iqtisodiyot rivojlanadi, tinch va barqaror farovonlik uchun ko‘proq imkoniyat bo‘ladi".
Perviy zamestitel predsedatelya Senata Oliy Majlisa Sadik Safayev - Sputnik O‘zbekiston
Sodiq Safoyev
Senat raisining birinchi o‘rinbosari
Safoyevning so‘zlariga ko‘ra, konferensiya Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilish uchun zarur platforma bo‘ldi. Afg‘onistonda mintaqaviy va mintaqaviy bo‘lmagan derjavalarning konstruktiv ishtiroki juda muhim.
O‘zbekiston hukumati eng boshidan afg‘on mojarosining barcha tomonlari bilan muloqotni tikladi va qo‘llab-quvvatladi, bu o‘z vaqtida va to‘g‘ri qaror bo‘ldi, deya xulosa qildi ekspert.
Yangiliklar lentasi
0