https://oz.sputniknews.uz/20210714/rossiyada-migrantlarni-ishga-yollovchi-ish-beruvchilarqattiq-nazoratga-olinadi-19677795.html
Rossiyada migrantlarni ishga yollovchilar qattiq nazoratga olinadi
Rossiyada migrantlarni ishga yollovchilar qattiq nazoratga olinadi
Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorlar faoliyati ustidan ular mehnat va migratsiya qonunchiligiga qanchalik amal qilishayotgani bo‘yicha rejadan tashqari tekshirishlar o‘tkazilishi mumkin 14.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-14T15:13+0500
2021-07-14T15:13+0500
2021-07-14T15:15+0500
migratsiya
migrantlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/392/88/3928883_0:316:3079:2048_1920x0_80_0_0_59671e3967cc365f0c3ca1e732372e9b.jpg
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligi xodimlari chet el fuqarolarini yollaydigan ish beruvchilar faoliyatini yangi reglament bo‘yicha nazorat qilib boradi. Bu haqda departament buyrug‘i loyihasiga asoslanib TASS xabar bermoqda.Jumladan, Ichki ishlar vazirligi xodimlari kompaniya va firmalar rahbarlarini mehnat migrantlarining Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lish, yashash, harakatlanish va mehnat faoliyatini amalga oshirish qoidalariga qanchalik amal qilayotganliklari bo‘yicha tekshirib boradi.Buyruq loyihasida politsiya rejadan tashqari nazorat tekshiruvini o‘tkazishga haqliligi ko‘rsatilgan. IIV xodimlari kerakli hujjatlarni taqdim etishni so‘rashga, shuningdek, manzilli reydlarni amalga oshirishga haqli bo‘ladi.Qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, idora mutaxassislari migratsiya qonunchiligining majburiy talablariga rioya qilmaganlik bilan bog‘liq bayonnomalar tuzadilar.Ichki ishlar vazirligi ish beruvchilar politsiya harakatlari ustidan shikoyat qilishlari mumkinligini ta’kidlab o‘tgan.Patent, RVP va VNJ: muhim o‘zgarishlar kutilmoqda >>>Eslatib o‘tamiz, 2020-yil mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin migratsiya qonunchiligini isloh qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar ro‘yxatini tasdiqladi.Amaldagi qonunchilikning zarur darajada aniq emasligi hamda hujjatlarni birlashtirishga ehtiyoj borligi amaldagi qoidalarning o‘zgartirilishiga sabab bo‘ldi.
https://oz.sputniknews.uz/20210713/patent-saxarovo-migratsiya-markazi-yangi-bayonot-bilan-chiqdi-19664460.html
https://oz.sputniknews.uz/20210428/muhim-1-maydan-patent-tolovi-uchun-yangi-rekvizitlarni-korsatish-kerak-18532999.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/392/88/3928883_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_7b84322e7f415402ac64d434835c0364.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migrantlar
Rossiyada migrantlarni ishga yollovchilar qattiq nazoratga olinadi
15:13 14.07.2021 (yangilandi: 15:15 14.07.2021) Tadbirkorlar faoliyati ustidan ular mehnat va migratsiya qonunchiligiga qanchalik amal qilishayotgani bo‘yicha rejadan tashqari tekshirishlar o‘tkazilishi mumkin
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligi xodimlari chet el fuqarolarini yollaydigan ish beruvchilar faoliyatini yangi reglament bo‘yicha nazorat qilib boradi. Bu haqda departament buyrug‘i loyihasiga asoslanib TASS xabar bermoqda.
Jumladan, Ichki ishlar vazirligi xodimlari kompaniya va firmalar rahbarlarini mehnat migrantlarining Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lish, yashash, harakatlanish va mehnat faoliyatini amalga oshirish qoidalariga qanchalik amal qilayotganliklari bo‘yicha tekshirib boradi.
Buyruq loyihasida politsiya rejadan tashqari nazorat tekshiruvini o‘tkazishga haqliligi ko‘rsatilgan. IIV xodimlari kerakli hujjatlarni taqdim etishni so‘rashga, shuningdek, manzilli reydlarni amalga oshirishga haqli bo‘ladi.
Qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, idora mutaxassislari migratsiya qonunchiligining majburiy talablariga rioya qilmaganlik bilan bog‘liq bayonnomalar tuzadilar.
Ichki ishlar vazirligi ish beruvchilar politsiya harakatlari ustidan shikoyat qilishlari mumkinligini ta’kidlab o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin migratsiya qonunchiligini isloh qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar ro‘yxatini tasdiqladi.
Amaldagi qonunchilikning zarur darajada aniq emasligi hamda hujjatlarni birlashtirishga ehtiyoj borligi amaldagi qoidalarning o‘zgartirilishiga sabab bo‘ldi.