O‘zbekistonda barcha millatlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan – milliy markaz rahbari

© Komitet po delam natsionalnosteyKirgizskiy natsionalno-kulturniy sentr
Kirgizskiy natsionalno-kulturniy sentr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2021
Obuna bo‘lish
30 iyulning "Xalqlar do‘stligi kuni" deb e’lonq ilinishi – O‘zbekiston tarixida muhim voqea bo‘ldi - Raxmatulla Jabborov.
TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda yashayotgan millatlar o‘z tili, milliy madaniyati va urf-odatlarini saqlab qolishi va rivojlantirishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Bu haqida AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda O‘zbekistondagi Qirg‘iz milliy madaniy markazi rahbari Rahmatulla Jabborov hikoya qilib berdi.
Jabobrov aytishiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 300 mingdan ortiq qirg‘iz millatiga mansub fuqarolar istiqomat qiladi. Ular uchun Andijon, Farg‘ona,Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari Qirg‘iz milliy madaniy markazi filiallari faoliyat yuritadi. Shuningdek, O‘zbekistonda 51 ta maktabda ta’lim qirg‘iz tilida olib boriladi va ushbu maktablar uchun darsliklar qirg‘iz tilida chop etiladi.
Milliy madaniy rahbar aytishiga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xalq diplomatiyasi va millatlararo totuvlikni ta’minlash uchun juda ko‘p ishlar amalga oshirilgan.
Xususan, prezident tomonidan 1995-yilga qadar kirib kelganlarga O‘zbekiston fuqaroligini berish, undan tashqari uzoq vaqt davomida yashab kelganlarni soddalashtirilgan tartibda fuqarolikka qabul qilish – kamida 50 ming kishi uchun orziqib kutilgan yangilik bo‘lgan.
Undan tashqari Shavkat Mirzoiyev tashabbusi bilan 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni deb e’lonq ilinishi – muhim tarixiy voqea bo‘lgan.
Ma’lumot uchun bugungi kunda O‘zbekistonda 130dan ortiq milliy madaniy markazlar va 38ta do‘stlik jamiyatlari faoliyat yuritib kelmoqda. Shunigdek O‘zbekistonda 16ta diniy konfessiyalar bor.
© Komitet po delam natsionalnosteyKirgizskiy natsionalno-kulturniy sentr
Kirgizskiy natsionalno-kulturniy sentr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2021
Kirgizskiy natsionalno-kulturniy sentr
Yangiliklar lentasi
0