Yevro-2020: Italiya Yevropa chempioni bo‘ldi

© AFP 2023 / MICHAEL REGANSbornaya Italii stala pobeditelem chempionata Yevropi po futbolu
Sbornaya Italii stala pobeditelem chempionata Yevropi po futbolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2021
Obuna bo‘lish
Italiya penaltilar seriyasida Angliyani Londonda mag‘lub etib, Yevropa chempioniga aylandi/
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Yevro-2020 musobaqasining final uchrashuvi 11-iyul kuni Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tdi. Italiya va Angliya terma jamoalari chempionlik unvoni uchun o‘zaro kuch sinashdi.
Uchrashuvning ikkinchi daqiqasidayoq mezbonlar Lyuk Shouning goli evaziga hisobni ochishdi. Ikkinchi bo‘limda ketma-ket hujum uyuushtirgan italiyaliklar 67-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Leonardo Bonuchchi gol muallifiga aylandi.
Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va qo‘shimcha bo‘limlar belgilandi. Unda ham hisob o‘zgarmagach, penaltilar seriyasi belgilandi. Penaltilar seriyasida italiyaliklar g‘alabani (3:2) olib ketishdi.
Shu tariqa Italiya o‘z tarixida ikkinchi marta Yevropa chempionligini qo‘lga kiritdi. Inglizlar esa o‘z uyida mag‘lub bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0