Barcha tadbirkorlar 1-yanvardan onlayn yoki virtual kassalarga o‘tkaziladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishRabota kassirov-kontrolerov v podmoskovnix elektrichkax
Rabota kassirov-kontrolerov v podmoskovnix elektrichkax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2021
Obuna bo‘lish
Onlayn nazorat kassa texnikalarini xarid qilishda tadbirkorlar faqat O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan texnikani tanlashi kerak bo‘ladi.
TOShKENT, 30-iyun – Sputnik. 2022-yilning 1-yanvaridan barcha tadbirkorlik subyektlari onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanishga o‘tadi, deb xabar qilmoqda Davalt Soliq qo‘mitasi.
Onlayn nazorat kassa texnikalarini xarid qilishda tadbirkorlar faqat O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan texnikani tanlashi kerak bo‘ladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan onlayn NKM qurilmalar umumiy soni 15 taga yetdi, virtual kassalar ro‘yxati esa - 16ta dasturiy mahsulotga yetgan.
Ro‘yxatda mavjud bo‘lmagan qurilmalardan O‘zbekiston hududida foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda naqd pul bilan ishlaydigan barcha tadbirkorlar bosqichma-bosqich onlayn va virtual kassalardan foydalanishga o‘tkazilmoqda. Xususan, alkogol va tamaki mahsulotlar sotuvchilari 2020-yil 1-yanvardan boshlab, tushumi 5 milliarddan oshgan tadbirkorlar – 2020-yil 1-avgustdan, hamda tushumi 100 milliondan oshgan tadbirkorlar – 2021-yil 1-yanvardan onlayn yoki virtual kassalarga o‘tkazilgan edi.
2021 yil 29-iyun holatiga respublikada 140 mingga yaqin savdo va xizmat ko‘rsatish subyekti 165 mingdan ziyod onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0