JB O‘zbekistonda elektroenergetika sohasini rivojlantirish uchun 380 mln dollar ajratadi

© Yuan YangLinii elektroperedachi
Linii elektroperedachi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2021
Obuna bo‘lish
Loyiha "O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari" uchun ustuvor investitsiyalarni moliyalashtirish orqali eskirgan energiya infratuzilmasini modernizatsiya qilishga yordam beradi.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Jahon bankining ijrochi direktorlar kengashi "Elektroenergetika tarmog‘ini transformatsiya qilish va elektr energiyasini barqaror uzatish" loyihasini ma’qulladi. Bu haqda Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki guruhi tarkibiga kiruvchi Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi 380 million dollar, Yashil iqlim fondi (YaIF) 43 million dollar kredit ajratadi. Moliyalashtirish O‘zbekiston hukumatiga juda past foiz stavkalarida taqdim etiladi va to‘lovning eng uzoq muddati 40-yilgacha bo‘ladi. Shuningdek, YaIF loyiha doirasidagi alohida tadbirlar uchun 4 million dollar miqdorida grant ajratadi.
Loyiha "O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari" uchun ustuvor investitsiyalarni moliyalashtirish orqali eskirgan energiya infratuzilmasini modernizatsiya qilishga yordam beradi. Loyiha faoliyati, jumladan, O‘zbekistonning 11 ta hudularida 22 ta eskirgan yuqori kuchlanishli podstansiyalarni rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish va kengaytirishni, shuningdek 500 kilovattlik yangi podstansiyani va elektr uzatish liniyalarini qurishni o‘z ichiga oladi.
Elektr energiyasini uzatish tizimini monitoring qilish, boshqarish va eksplutatsiya qilish jarayonlarini takomillashtirish maqsadida loyiha doirasida zamonaviy raqamli va telekommunikatsiya texnologiyalari va yechimlari joriy etiladi. Ularga dispetcherlik nazorati va ma’lumotlarni yig‘ish uchun yangi dasturiy-apparat majmuasi (SCADA), shuningdek, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ markaziy va hududiy dispetcherlik markazlari uchun elektr energiyasini boshqarish tizimini (EMS) yaratish kiradi.
Jahon banki O‘zbekiston soliq sohasidagi islohotlar uchun 60 mln dollar ajratadi
Shuningdek, loyiha O‘zbekistonni Afg‘oniston, Qozog‘iston va Tojikiston elektroenergetika tizimlari bilan bog‘laydigan infratuzilmalarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish orqali Markaziy Osiyoda mintaqaviy energiya savdosini rivojlantirishga yordam beradi.
Yangiliklar lentasi
0